Markaziy Osiyo mintaqasida to‘qimachilik sanoatining O‘zbekiston modeli joriy qilinmoqda

© Sputnik / Viktor Chernov / Mediabankka o‘tishMargilanskaya firma "Atlas"
Margilanskaya firma Atlas - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston MDH davlatlari uchun asosiy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi davlatga aylandi. Mamlakat eksportining 52% MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Markaziy Osiyo mintaqasida to‘qimachilik sanoatining O‘zbekiston modeli joriy qilinmoqda. Bu haqda AOKAda "O‘zto‘qimachiliksanoati" uyushmasi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida olib borilayotgan isloxotlar o‘z samarasini berishni boshladi.
Mahalliy korxonalar tomonidan so‘ngi 5-yil mobaynida respublikaning barcha hudularida 350dan ortiq yangi to‘qimachilik sanoati korxonalarini tashkil etildi.
Shu bilan birga, qo‘shni Tojikiston (“Zelal Tekstil”), Qozig‘iston (“Astera tekstil”), Qirg‘izston (“Art Soft”) kabi davlatlarda to‘qimachilik korxonalari tashkil etilishi boshlandi.
Paxta-to‘qimachilik klasteri modeli Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri va ishchi guruh tomonidan o‘rganildi va o‘zbek investorlarini Hukumat qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi.
Gruziya uchun to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishda O‘zbekiston hamkor sifatidi o‘rganilmoqda va turli portlarida to‘qimachilik korxonalari ochish va Yevropa bozoriga O‘zbekiston uchun xab bo‘lish taklifi mahalliy korxonalar tomonidan o‘rganilmoqda.
“O‘zbekiston MDH davlatlari uchun asosiy to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi davlat ham hisoblanadi. Mamlakat eksportining 52% MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi. Ayni damda, Toshkentni Markaziy Osiyo Fashion-markaziga aylantirish ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, resublika bo‘ylab 12 ming dan ortiq to‘qimachilik sanoati korxonalari mavjud bo‘lsa, 5 mingdan ortig‘i tayyor kiyim-kechak mahsulotlarini yetishtirishga qaratilgan. Bu yil 86 to‘qimachilik korxonasining ochilishi natijasida 23 mingdan ortiq kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston to‘qimachilik eksportini 4,3 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Bu bo‘yicha prezident Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga tegishli topshiriq bergan.
Avvalroq Rossiyada o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarining o‘nlab multibrend do‘konlari ochilishi ma’lum qilingandi. “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarovning aytishicha, allaqachon bu uchun joylar tashkil etilib, savdo uylari infratuzilmasi rivojlanmoqda. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston korxonalariga G‘arb kompaniyalari Rossiya bozorini tark etganidan so‘ng bo‘shagan savdo markazlaridan joy olishga yordam beriladi.
Yangiliklar lentasi
0