Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshirildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Pensiya jamg‘armasi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qildi - tafsilotlar.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Pensiya hisoblashda inobatga olinadigan o‘rtacha ish haqi miqdori oshirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab pensiyalarini hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan o‘rtacha oylik ish haqining eng yuqori chegarasi pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining o‘n barobaridan o‘n ikki barobariga oshirilishi belgilangan.
Bunda, pensiya tayinlashda hisobga olingan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilib chiqiladi.

“Pensiya jamg‘armasi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 3 mln 240 ming so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha pensionerlarning pensiyalari qayta hisob-kitob qilinib, pensiyasi oshadigan fuqarolarga joriy yilning dekabr oyida SMS xabar yubordi”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, pensiyalarning miqdori avtomatik tarzda qayta hisob-kitob qilinib, bunda pensionerlarning Pensiya jamg‘armasiga murojaat etish zaruriyati yo‘q.
Pensiya miqdori oshganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni maxsus telegram bot orqali tekshirish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0