Rossiyaga qarshi mislisiz tajovuz boshlangan– Putin

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.12.2022
Obuna bo‘lish
Vladimir Putinning aytishicha, iqtisodiyotni tor-mor qilish maqsadida Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan tajovuz boshlangan.
TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiyotni tor-mor qilish maqsadida Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan tajovuz boshlanganini ma’lum qildi Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Ma’lumki, Rossiyaga nisbatan misli ko‘rilmagan sanksiyaviy tajovuz boshlangan. U qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimizni mohiyatan tor-mor etishga, valyuta zaxiralarimizni talon-toroj qilish orqali milliy valyutamiz – rublni yo‘q qilishga, halokatli inflyatsiyani qo‘zg‘atishga qaratilgan edi”, - deydi u strategik rivojlanish va milliy loyihalar bo‘yicha kengash yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligida G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan sanksiyalar bosimini keskin kuchaytirdi. Rossiya eksporti sohasi, bank va boshqa sohalariga nisbatan keskin sanksiyalar joriy etildi. Lekin o‘tgan vaqt davomida ular ketilgan natijaga olib kelmadi, rubl qulamadi, Rossiya iqtisodiyoti barbod bo‘lmadi. Yevropa va AQShda esa sanksiyalar oqibatida elektr energiyasi, yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va cheklovlar butun dunyo iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, AQSh va uning ittifoqchilarining asosiy maqsadi - dunyoda millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya o‘zini yakkalamoqchi emas, uni zamonaviy dunyoda qattiq izolyatsiya qilib bo‘lmaydi.
Yangiliklar lentasi
0