Magadan viloyatida kuchli qor bo‘roni - video

Obuna bo‘lish
Noqulay ob-havo munosabati bilan qator trassalarda barcha turdagi transport harakati to‘xtatilgan.
TOShKENT, 16 dek - Sputnik. Rossiyaning Magadan viloyatida kuchli qor bo‘roni va qor ko‘chish holatlari sodir bo‘ldi. Natijada viloyatining bir nechta avtomobil yo‘llaridagi o‘tish joylari birdaniga yopib qo‘yildi.
Kuchli siklon hududga bo‘ronli shamollarni keltirdi. Payshanba oqshomida Magadan shahri va mintaqaning bir qancha qishloqlari aholisi elektr energiyasiz qoldi. Shamol Palatka-Kulu-Neksikan avtomagistralidagi elektr uzatish minoralaridan birini buzib tashladi.
Energetiklar avariyani bartaraf etishdi va aholini zaxira quvvat orqali ulashdi. Juma kuni ertalab viloyatning Olskiy tumanidagi bir qancha aholi punktlari elektr ta’minotisiz qolib, u yerda favqulodda holat rejimi joriy qilingan. Baxtsiz hodisa ham bartaraf etilgan.
"Noqulay ob-havo sharoiti munosabati bilan Solnechniy - Ola, Ola - Gadlya, Palatka - Kulu - Nexikan yo‘llarining uchastkalarida barcha turdagi transportlar harakati uchun cheklov mavjud. Sizdan mavjud vaziyatga tushunish bilan munosabatda bo‘lishingizni so‘raymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.
Yangiliklar lentasi
0