Toshkentning ayrim hududlarida elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi

© "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar Yunusobod tumani
Toshkent shahar Yunusobod tumani - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.12.2022
Obuna bo‘lish
Ta’mirlash ishlari sababli ayrim aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtincha to‘xtatiladi.
TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Toshkent shahar Yunusobod tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi taminotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali xabar berdi.
Bugun soat 08:00 dan 17:00 gacha tumanning "Kulol-qorgon" va "Bobodehqon" MFYlari hamda Yunusobod 12, 15 hamda 16-mavzelaridagi aholi yashash xonadonlarining elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘ladi.
Tuman hududida joylashgan 110/35/10 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli "Yunusobod" podstansiyasidan chiquvchi fider "Obod-1", "Obod-2" uzatmasidan taminlanuvchi vaqtincha ko‘tarib qo‘yilgan yuqori kuchlanishli magistral elektr sim yog‘ochlarida ta’mirlash montaj ishlari olib boriladi.
Shu sababli ushbu xududlardagi aholi yashash xonadonlarida elektr energiyasi vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0