O‘zbekiston diplomatlari Novosibirsk aeroportida qolib ketgan fuqarolarga yordam berishdi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishTamojenniy dosmotr passajirov v Tolmachevo
Tamojenniy dosmotr passajirov v Tolmachevo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston diplomatlari Novosibirskdan Namanganga parvozi kechiktirilgan samolyotning qayta tiklanishi va vatandoshlarning oilalari bag‘riga qaytishiga yordam ko‘rsatdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ishonch telefoniga “Tolmachevo” xalqaro aeroportida 160 nafardan ziyod fuqarolar to‘planib qolgani va ular amaliy yordamga muhtojligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Bosh konsulxona xodimlari “Tolmachevo” xalqaro aeroportiga yetib borib, O‘zbekiston fuqarolari bilan uchrashib, vaziyat haqida to‘liq ma’lumot oldi.
Ma’lum bo‘lishicha, “S7 Airlines” aviakompaniyasi tomonidan 13-dekabr kuni “Novosibirsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha rejalashtirilgan parvoz noqulay ob-havo sharoiti sababli vaqtincha bekor qilingan.
Bosh konsulxona Novosibirsk viloyati Transport prokuraturasi, “S7 Airlines” aviakompaniyasi, “Tolmachevo” xalqaro aeroporti rahbariyati bilan muloqot olib borilib, qoldirilgan parvozni tezkor tarzda tiklash chorasi ko‘rildi. Xususan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, “Namangan” xalqaro aeroporti vakillaridan parvozni amalga oshirishga ruxsat beruvchi zarur ma’lumotlar taqdim etilishiga ko‘maklashildi.
Ko‘rilgan sa’y-harakatlar natijasida “Novosibirsk-Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha aviaparvoz tiklanib, 160 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi.
Yangiliklar lentasi
0