O‘zbekiston va Ozarbayjon adliya vazirliklari o‘zaro tajriba almashishga kelishib oldi

© Adliya vazirligiAdliya vazirligi
Adliya vazirligi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.12.2022
Obuna bo‘lish
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri F.Mamedov bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Ozarbayjon adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik yanada chuqurlashtiriladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva ma’lum qildi.
Adliya vaziri Akbar Tashkulov Ozarbayjon Respublikasi adliya vaziri F.Mamedov bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi.
Tomonlar mavjud idoralararo munosabatlarni yanada chuqurlashtirish hamda mustahkamlash maqsadida ikki davlat adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik dasturi doirasidagi tadbirlarni davom ettirishga hamda o‘zaro tajriba almashishga qaratilgan qator ishlarni o‘tkazishga kelishib olishdi.
Ushbu hamkorlik dasturi doirasida normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish va davlat organlari faoliyatidagi huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganiladi.
Shuningdek, huquqiy axborotni tarqatish va aholiga ularning mazmun-mohiyatini yetkazish, davlat xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi faoliyati bo‘yicha tajriba almashiladi.
Yangiliklar lentasi
0