Xorazm va Andijon viloyatlariga mini meteorologik stansiyalar o‘rnatildi

Obuna bo‘lish
Mini meteorologik stansiyalar meteo ma’lumotlarni har 10 minutda onlayn ko‘rish imkonini beradi - tafsilotlar.
TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xorazm va Andijon viloyatlariga mini meteorologik stansiyalar o‘rnatildi.
Xorazm viloyatining bir nechta hududlari va Andijon viloyatining 5 ta tumani bog‘dorchilik maydonlariga mini meteorologik stansiyalar o‘rnatildi.
© O‘zgidromet
Mini meteorologik stansiyalar  - Sputnik O‘zbekiston
1/2
© O‘zgidromet
Mini meteorologik stansiyalar  - Sputnik O‘zbekiston
2/2
Mini meteorologik stansiya ma’lumotlari tez orada data.meteo.uz portali mini meteorologik stansiya bo‘limiga integratsiya qilinib, meteo ma’lumotlarni har 10 minutda onlayn ko‘rish imkoni yuzaga keladi.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilda Shavkat Mirziyoyev meteorologiya xizmatining moddiy-texnik ta’minotidagi kamchiliklar haqida gapirib, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo va Namangan viloyatlarida lokatorlar o‘rnatish, barcha stansiyalarni avtomatlashtirish, yangi stansiya va postlar qurish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.
Yangiliklar lentasi
0