Kiyevga qurol berish AQShning nizolarga shayligini zaiflashtirdi – OAV

© Foto : Twitter/U.S. Embassy KyivPribitie partii voyennoy pomoshi SShA v Kiyev. Arxivnoe foto
Pribitie partii voyennoy pomoshi SShA v Kiyev. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Ukrainaga ko‘p milliard dollarlik harbiy yordamning o‘tkazilishi AQSh zaxiralarini tugatdi va AQSh armiyasining qurolli mojaroga tayyorligini zaiflashtirdi, deb yozadi "Wall Street Journal".
“Vashington fevral oyidan beri Kiyevga qiymati 19 milliard dollardan ortiq harbiy yordam, jumladan Pentagonning o‘z zaxirasidan minglab uzoq masofali raketalar va millionlab o‘qlar yubordi. Bu ukrainaliklarga ruslarga qarshi turishga yordam berdi, ammo Amerika ta’minoti ham tugadi va qurolli kuchlarimizning urushga tayyorligini zaiflashtirdi”, - deyiladi nashr maqolasida.
Qayd etilishicha, Ukrainadagi mojaro AQShning tashqi majburiyatlari ko‘lami va sanoatning cheklanganini ko‘rsatib qo‘ydi.
Avvalroq "Financial Times" Ukrainani qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlari orasida zaxiralar tugab borayotgan bir paytda o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, jumladan, raqobatchi davlatlar, jumladan, Xitoyga ham o‘zini himoya qilish uchun yetarlicha qurol ishlab chiqarish qobiliyatini namoyish etish zarurati borasida xavotirlar ortib borayotgani haqida yozgan edi.
OAV: Ukraina tufayli Germaniyaning ikki kunlik jangga yetadigan qurol-yarog‘ zaxirasi qolgan
Polshaning NATOdagi elchisi Tomash Shatkovskiy avvalroq alyans mamlakatlari harbiy texnikasi omborlari Ukrainaga ko‘rsatilayotgan yordam tufayli bo‘shab borayotganini aytgandi.
Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynayotganini” ta’kidladi. Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘larni yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligini va salbiy ta’sir ko‘rsatishini urg‘ulagan.
Yangiliklar lentasi
0