Prezident Murojaatnomada eng ko‘p ishlatgan so‘zlar tahlil qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana
Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Ia’lim, maktab, va shaxs - prezident murojaatnomasida eng ko‘p foydalanilgan so‘zlarning batafsil tahlili bilan quyida tanishing.
TOShKENT, 20 dek - Sputnik. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasidaning lingvistik kontent-tahlilini o‘tkazdi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 Murojaatnomasida eng ko‘p ishlatilgan so‘zlar quyidagilar:
1.
“Ta’lim” so‘zi - 25-marta;
2.
“Maktab” so‘zi - 23-marta;
3.
“Shaxs” va “xalq” so‘zlari - 22-martadan;
4.
“Konstitutsiya” va “investitsiya” so‘zlari - 20-martadan;
5.
“Tadbirkor” so‘zi - 19-marta;
6.
“Mahalla” so‘zi - 18-marta ishlatilgan.
© ITIMPrezident Murojaatnomasining lingvistik tahlili
Prezident Murojaatnomasining lingvistik tahlili - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Prezident Murojaatnomasining lingvistik tahlili
Tasviriy ifodalovchi so‘zlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimalarga ko‘proq e’tibor qaratayotganini aniqlashdi.

Prezidentning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi 2 soat 25 daqiqa davom etdi. Shavkat Mirziyoyev o‘z Murojaatnomasida 6 502 ta so‘z ishlatgan. Eng uzun so‘zlar 15 harfdan iborat bo‘lib, o‘rtacha bitta so‘z 7 ta harfdan iborat bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, davlat rahbarining har yili oxirida parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi - muhim ahamiyatga ega. Unda o‘tgan yil ko‘rsatkichlarini sarhisob qilish, rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish hamda kelgusi yil uchun maqsad va vazifalarni ko‘satib berishdan iborat bo‘ldi. Shuningdek Murojaatnomada kelgusi yilning asosiy rivojlanish vektori ham belgilab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0