O‘qituvchilarning maqomini Konstitutsiyada belgilash zarur – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaObrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana
Obrashenie Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva k Oliy Majlisu i narodu Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. O‘qituvchilar maqomini mamlakat Konstitutsiyasida belgilab qo‘yish hamda maktablarga yangi muhit kirib kelishi kerak. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatiga aytib o‘tdi.
“Birinchi navbatda, e’tiborni Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlashga qaratamiz. “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”, - dedi Mirziyoyev.
Prezidentning ta’kidlashicha, maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish, sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalardan biri bo‘ladi.
“O‘qituvchilarning maqomini, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishni Konstitutsiyada alohida belgilash zarur, deb hisoblayman. O‘quvchilarda erkin, tanqidiy va kreativ fikrlashni, jamoad́a ishlash va muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish zarur. Mana, maktablarimizga qanday muhit kirib kelishi kerak”, - deydi O‘zbekiston rahbari.
U nutqi davomida, bu borada, Prezident maktablarida 130 ta mamlakatda ma’qullangan “Ey-Level” ta’lim dasturi yo‘lga qo‘yilgani va o‘z samarasini berayotganini qo‘shimcha qildi.
Yangiliklar lentasi
0