Rossiyada “Vikipediya” muqobili qachon ishga tushirilishi ma’lum qilindi

© Depositphotos.com / ppromanSayt Vikipedii na ekrane smartfona
Sayt Vikipedii na ekrane smartfona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.12.2022
Obuna bo‘lish
Hozirgacha mahalliy portalda 100 mingdan ortiq maqolalar to‘plangan.
TOShKENT, 20 dek — Sputnik. Rossiyada “Vikipediya”ning mahalliy muqobili – “Bilimlar” portali 2023-yilning birinchi choragida ishga tushirilishi rejalashtirilyapti. Bu haqda Rossiya raqamli rivojlanish, kommunikatsiyalar va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ma’lum qildi.

“Bizning qidiruv ro‘yxatlarimizda “Vikipediya” Roskomnadzor talablarini buzadigan manba sifatida belgilangan. Bizning asosiy vazifamiz o‘z portalimizga ega bo‘lishdir. Biz uni yaratmoqdamiz – “Bilimlar” portali... hozir u yerda 100 mingdan ortiq maqolalar to‘plangan. Ushbu resurs yil boshida ishga tushirilishi rejalashtirilgan”, - deydi vazir. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shadayev so‘zlariga ko‘ra, portalga joylashtirilgan materiallar ko‘p bosqichli tekshiruvdan o‘tgan.

“Keyinchalik biz rus resursi qidiruv natijalarida ustuvor bo‘lishini so‘raymiz, shunda u har doim “Vikipediya”dan yuqori bo‘ladi”, - deya tushuntirgan u.

Aniqlik kiritilishicha, hozirda portal test rejimida.
Joriy yilning may oyida Federatsiya Kengashi senatorlari “Vikipediya”ning ruscha muqobilini yaratish taklifini bildirgandi. O‘shanda Fan, ta’lim va madaniyat qo‘mitasi rahbari Liliya Gumerova maqsad haqiqatga mos muqobil platforma tuzish ekanini ta’kidlagan.
Aprel oyida Rossiya sudi birinchi marta "Wikimedia Foundation" tashkilotini “Vikipediya”dan Rossiya armiyasining Ukrainadagi maxsus operatsiya vaqtidagi harakatlariga oid beshta maqolani olib tashlamagani uchun jarimaga tortgandi. Ular orasida Mariupol, Bucha, Kiyevda sodir bo‘lgan voqealar haqida materiallar bor. Keyinchalik kompaniya shunga o‘xshash protokol bo‘yicha yana bir marta jarimaga tortildi.
Iyul oyida Roskomnadzor qidiruv tizimlariga foydalanuvchilarni “Vikipediya” xizmati qonunlarni buzishi haqida xabardor qilishni buyurdi, sababi portal Rossiyada taqiqlangan deb tan olingan ayrim materiallarni olib tashlamadi.
Yangiliklar lentasi
0