https://oz.sputniknews.uz/20221222/mariya-zaxarova-saida-mirziyoevaning-nutqiga-munosabat-bildirdi-30956081.html
Mariya Zaxarova Saida Mirziyoyevaning nutqiga munosabat bildirdi
Mariya Zaxarova Saida Mirziyoyevaning nutqiga munosabat bildirdi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mirziyoyevaning o‘qituvchilarni xizmatkor qilishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi. 22.12.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-12-22T10:30+0500
2022-12-22T10:30+0500
2022-12-22T10:30+0500
siyosat
mariya zaxarova
saida mirziyoyeva
o‘qituvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/07/30553582_0:0:3058:1720_1920x0_80_0_0_f8fdd5b4d401a785c1def1ed91335fbe.jpg
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijroiya apparati sektor mudiri Saida Mirziyoyevaning yaqinda so‘zlagan nutqiga izoh berib, o‘qituvchilarni xizmatkor qilishni to‘xtatishga chaqirdi.Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanalida ta’kidlashicha, Saida Mirziyoyevaning hissiyotli nutqi Rossiyada ham aks sado berdi, bu ramziy ma’noga ega, chunki kelasi yil “O‘qituvchi va murabbiylar yili” deb e’lon qilingan.Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada o‘qituvchilik kasbi har doim eng hurmatli kasblardan biri bo‘lgan, o‘qituvchi ham o‘quvchilar, ham ota-onalar uchun obro‘li bo‘lgan. Ammo keyin o‘qituvchiga munosabat o‘zgargan.Avvalroq Mirziyoyevaning tashabbusi Rossiya va Qirg‘iziston qonunchilari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan edi. Xususan, qirg‘izistonlik deputat Baxridin Shabazov shunday dedi:Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga an’anaviy Murojaatnomasida o‘qituvchilarning maqomi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risidagi bandni mamlakat Konstitutsiyasiga kiritish zarurligi haqida fikr bildirgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/07/30553582_570:16:3058:1882_1920x0_80_0_0_00a7f9b0c3bcd8ea8764bc826f237495.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
siyosat, mariya zaxarova, saida mirziyoyeva, o‘qituvchilar
siyosat, mariya zaxarova, saida mirziyoyeva, o‘qituvchilar
Mariya Zaxarova Saida Mirziyoyevaning nutqiga munosabat bildirdi
Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mirziyoyevaning o‘qituvchilarni xizmatkor qilishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘ini qo‘llab-quvvatladi.
TOShKENT, 22 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi Ijroiya apparati sektor mudiri Saida Mirziyoyevaning yaqinda so‘zlagan nutqiga izoh berib, o‘qituvchilarni xizmatkor qilishni to‘xtatishga chaqirdi.
Mariya Zaxarova o‘zining Telegram kanalida
ta’kidlashicha, Saida Mirziyoyevaning hissiyotli nutqi Rossiyada ham aks sado berdi, bu ramziy ma’noga ega, chunki kelasi yil “O‘qituvchi va murabbiylar yili” deb e’lon qilingan.
Mariya Zaxarovaning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada o‘qituvchilik kasbi har doim eng hurmatli kasblardan biri bo‘lgan, o‘qituvchi ham o‘quvchilar, ham ota-onalar uchun obro‘li bo‘lgan. Ammo keyin o‘qituvchiga munosabat o‘zgargan.
“Biz buni tuzatish zarurligiga o‘z vaqtida e’tibor qaratdik. Bu muammo postsovet hududidagi ko‘plab mamlakatlarga taalluqli. Bu, ayniqsa, MDHda Rus tili yili deb e’lon qilingan 2023-yilda dolzarb, chunki bu ko‘p millatli mamlakatlarda barqarorlik va totuvlikni saqlashda muhim rol o‘ynaydi, shuningdek, fan va oliy ta’lim sohasida yangi marralarni ochadi”, - deydi u.
Avvalroq Mirziyoyevaning tashabbusi Rossiya va Qirg‘iziston qonunchilari tomonidan ham qo‘llab-quvvatlangan edi. Xususan, qirg‘izistonlik deputat Baxridin Shabazov shunday dedi:
“Biz o‘qituvchilarni himoya qilishimiz va ularni o‘zlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri vazifalariga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ko‘pincha haqoratli vazifalarni bajarishdan qutqarishimiz kerak”.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga an’anaviy Murojaatnomasida o‘qituvchilarning maqomi, ularning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish to‘g‘risidagi bandni mamlakat Konstitutsiyasiga kiritish zarurligi haqida fikr bildirgan edi.