Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 21-dekabrning asosiy voqealari

© Sputnik / Viktor AntonyukSotrudnik narodnoy militsii DNR
Sotrudnik narodnoy militsii DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari UQK, millatchi batalonlari va chet ellik yollanma askarlari pozitsiyalariga zarba berishda davom etmoqja. DXR hududida Rossiya kuchlari qulay pozitsiyalarni egallab olishdi.
TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan Donbassda o‘tkazilayotgan maxsus operatsiyaning eng muhim voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupanskiy yo‘nalishida Xarkov viloyatining Petropavlovka, Peschanoe va Berestovoe aholi punktlari hududlarida dushman o‘qqa tutilishi natijasida 60 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita BTR va uchta pikap yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Andreyevka posolkasi hududida Rossiya Aerokosmik kuchlari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlarining harbiy texnikasi yoqilg‘i bilan ta’minlangan neft mahsulotlari ombori vayron qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida DXRning Terniy va Torskoe aholi punktlari hududlarida to‘plangan Ukraina QKga aviatsiya va artilleriya yordamida zarba berildi. Natijada 30 dan ortiq harbiy xizmatchilar, bitta tank va beshta pikap yo‘q qilindi, 6 nafar askar taslim bo‘ldi.
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari hujumga o‘tib yangi qulay pozitsiyalar - balandliklarni egallab olishdi. Kun davomida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, uchta BMP va to‘rtta boshqa texnika yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida Novomixaylovka aholi punkti hududida va DXRNing Prechistovka posolkasida Ukraina Qurolli Kuchlarining 72-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalari va hududdagi 108-hududiy mudofaa brigadasining ishchi kuchi va harbiy texnikasiga artilleriya zarbasi berildi. Dushmanning yo‘qotishlari 50 nafar ukrainalik harbiy xizmatchini, ikkita zirhli jangovar mashinasini va to‘rtta pikapni tashkil etdi.
Aviatsiyasi, raketa va artilleriyasi zarbalari yordamida UQKning 63 ta artilleriya bo‘linmalariga shuningdek 87 ta tumanda joylashgan harbiylar va texnikalariga zarba berdi.
Xerson viloyati, Belozerka qishlog‘i hududida Ukrainaning Buk-M1 zenit-raketa majmuasining Ukraina o‘ziyurar to‘pi va P-18 nishonga oluvchi radari yo‘q qilindi.
DXRNing Andreyevka posolkasi hududida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasining radar stansiyasi yo‘q qilindi.
Xerson viloyatidagi Zelenovka va DXRning Trudovoe aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan uchta M-777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatidagi Temirovka va DXRning Artemovsk aholi punktlari hududlarida xorijda ishlab chiqarilgan qurol va harbiy texnikalar solingan ikkita omborxona yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Berestovoe va Zaporoje viloyati Veselyanka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi.
Donetsk Xalq Respublikasining Vodanoe aholi punkti hududida "Grad" ko‘p raketali tizimining jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Donetsk Xalq Respublikasining Krasnogorovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi. Bundan tashqari, Donetsk Xalq Respublikasining Artemovsk qishlog‘i yaqinida Ukrainaning Mi-8 vertoloti yo‘q qilingan.
Kun davomida havo mudofaa tizimlari Xerson viloyati Knyaz-Grigorovka va DXRning Nikolayevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning ikkita uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi. Shuningdek, LXRning Novokrasnyanka aholi punkti yaqinida ikkita HIMARS raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Qurolli kuchlari jami 348 ta samolyot, 187 ta vertolot, 2691 ta uchuvchisiz apparat, 399 ta zenit-raketa majmuasi, 7179 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 932 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3696 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7693 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0