Olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaOtchet o provodimoy rabote organami Voyennoy prokuraturi
Otchet o provodimoy rabote organami Voyennoy prokuraturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.12.2022
Obuna bo‘lish
Harbiy prokuratura organlari amalga oshirilgan ishlar yuzasidan prezidentga hisobot berdi.
TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Olis hududlardagi maktablar harbiy prokuratura idoralariga biriktirilib, prokurorlik soatlari tashkil etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning Harbiy prokuratura organlari amalga oshirgan ishlar hisoboti bilan tanishish chog‘ida ma’lum qilindi.
Bundan yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va huquqiy savodxonligini oshirish maqsad qilingan.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilda 1100 ga yaqin prokuror nazorati hujjati qo‘llanilib, 261 ta hujjat qonunga muvofiqlashtirilgan. 7858 nafar shaxsning huquqi tiklangan. 654 nafar harbiy xizmatchining oila a’zolari ish bilan ta’minlangan.
Qurolli Kuchlarda qurilish dasturiga kiritilgan obyektlarning loyiha-smeta hujjatlari nazorat tartibida ko‘rib chiqilib, 23 mlrd so‘mdan ziyod budjet mablag‘lari iqtisod qilinishiga erishilgan. Harbiy prokuror protestlariga asosan sudlarning 10 ta qarori qonunga muvofiqlashtirilib, 6 nafar shaxs oqlangan.
Fuqarolarning 2 mingga yaqin murojaatlari ko‘rib chiqilib, 254 tasi qanoatlantirilgan. Shuningdek, sayyor qabullarda 3200 nafar shaxs qabul qilinib, aniqlangan muammolarini hal etish choralari ko‘rilgan.
Davlat rahbari Harbiy prokuratura faoliyatini raqamlashtirish, inson manfaatlarini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha ko‘rsatmalar berdi.
Yangiliklar lentasi
0