AQShda kuchli qor bo‘roni qurbonlari soni oshdi

© Foto : Ohio State Highway PatrolMesto massovogo DTP na zasnejennom shosse v Ogayo, SShA
Mesto massovogo DTP na zasnejennom shosse v Ogayo, SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Michigan shtatida 82 yoshli ayol muzlab qolgan holda topildi.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. AQShda kuzatilayotgan kuchli qor bo‘roni qurbonlari soni 23 kishiga yetdi, deb xabar qildi NBC telekanali shanba kuni.

“Ob-havo bilan bog‘liq hodisalarda kamida 23 kishi halok bo‘ldi. Odamlar Oklaxoma, Kentukki, Missuri, Viskonsin, Kanzas, Nebraska, Ohayyo, Nyu-York, Kolorado va Michigan shtatlarida halok bo‘ldi”, - deyiladi telekanal xabarida.

Kamida 10 ta shtatda kuzatilayotgan haroratning keskin pasayishi, qor yog‘ishi, kuchli shamol, qor ko‘plab avtohalokatlarga, elektr uzatish simlarining uzilishiga, parvozlarning kechikishiga olib keldi.
Ohayyo shtatida tuman va yo‘llar muzlashi oqibatida 50 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi, 4 kishi halok bo‘ldi. Michigan shtatida 82 yoshli ayol qariyalar uyi oldida ko‘chada muzlab qolgan holda topildi.
Shanba kuni 2600 dan ortiq reyslar bekor qilindi. Deyarli 400 ming uy xo‘jaliklari va korxonalar (1,6 mln kishi) elektr ta’minotisiz qolmoqda.
Avvalroq AQShda qor bo‘roni oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0