Kusturitsa o‘zbekistonlik talabani Serbiya kinofestivaliga taklif qildi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishYubileyniy Zimniy mejdunarodniy festival iskusstv v Sochi. Den vosmoy
Yubileyniy  Zimniy mejdunarodniy festival iskusstv v Sochi. Den vosmoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik talaba kinofestivalda o‘zining “Kasseta” filmini taqdim etgan va tanlov dasturiga kirgan.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Mashhur kinorejissor Emir Kusturitsa Kustendorf kino va musiqa festivalining (Küstendorf Film & Music Festival) yopilish marosimiga Butunrossiya davlat kinematografiya institutining (VGIK) Toshkent filiali talabasi Timur Murodovni shaxsan taklif qildi.
Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Murodov kinofestivalda o‘zining “Kasseta” filmini taqdim etgan va tanlov dasturiga kirgan.
Kustendorf kinofestivaliga 2008-yilda kinorejissor Emir Kusturitsa tomonidan asos solingan va har yili Serbiyada o‘tkaziladi.
Unda badiiy filmlardan tashqari qisqa metrajli filmlar ham ishtirok etadi. G‘oliblar “Oltin tuxum” bilan taqdirlanadilar.
Yangiliklar lentasi
0