Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 25-dekabrning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto
Voyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining hujumi natijasida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy va yollanma askarlar yo‘q qilindi
TOShKENT, 25 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Donbassda olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning eng muhim voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti

Kupansk yo‘nalishida Xarkov viloyatining Kislovka, Tabayevka va Berestovoe aholi punktlari hududlarida dushman istehkomlariga berilgan zarbalar natijasida 30 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar texnika va uchta texnika yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida DXRning Terniy aholi punktida joylashagan UQKning ikkita taktik guruhiga artilleriya zarbasi berildi, LXRning Chervonaya Dibrova aholi punkti yo‘nalishida harakat qilayotgan ikkita razvedka guruhini yo‘q qilindi. Ushbu yo‘nalishda dushman yo‘qotishlari kuniga 60 nafar askar, 4ta zirhli jangovar mashina va uchta pikapni tashkil qildi.
Donesk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining hujumi natijasida 80 dan ortiq ukrainalik harbiy va yollanma askarlar, ikkita tank, beshta zirhli jangovar texnika va to‘rtta texnika yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida DXRning Pavlovka va Vladimirovka aholi punktlari yo‘nalishida rus qo‘shinlarining pozitsiyalariga qarshi hujumga o‘tmoqchi bo‘lgan UQKning 72-mexanizatsiyalashgan va 68-piyoda-yeger brigadalarining ikkita rota-taktik guruhi artilleriya o‘qlari bilan mag‘lub etildi. Dushman yo‘qotishlari 50 dan ortiq harbiy xizmatchilar bitta tank va uchta zirhli jangovar mashinadan iborat bo‘ldi.
DXRning Artemovsk shahri hududida, UQKning 58 ta artilleriya bo‘linmasi 86 ta tumandagi o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikasi bir sutkada qo‘shinlar guruhining raketa kuchlari va artilleriyalari tomonidan zarbaga uchradi. Shuningdek, xorijlik yollanma askarlarni vaqtincha joylashtirish nuqtasiga zarba berildi.
DXRning Seversk shahri yaqinidagi batareyaga qarshi jangda LXRning Makeyevka aholi punkti hududida Ukrainaning "Uragan" ko‘p raketa tizimining ikkita jangovar mashinasi, “Grad” ko‘p raketa tizimining qurilmalari yo‘q qilindi. Shuningdek, shahari hududida Polshaning "Skorpion" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi.
Xarkov viloyatining Dobrovole va DXRning Plesheyevka aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan uchta M777 artilleriya tizimi o‘z pozitsiyalarida yo‘q qilindi.
Kun davomida havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning Zmeyevka, LXRning Ploshanka, DXRning Kirilovka, Maliy Kremenchik va Zaporojye viloyatining Pologi aholi punktlari hududlarida beshta uchuvchisiz uchish apparatini urib tushirdi.
Bundan tashqari, LXRning Jitlovka va Krasnorechenskoe, DXRning Kuybishevo va Zaporojye viloyatining Mirnoe aholi punktlari hududlarida oltita HIMARS ko‘p raketa tizimlari va bitta Uragan raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 352 ta samolyot, 192 ta vertolot, 2724 ta uchuvchisiz uchish apparati, 399 ta zenit-raketa majmuasi, 7240 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 940 ta ko‘p raketa tizimlariga ega jangovar texnika, 3708 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7747 dona maxsus harbiy mashinalarini yo‘qotdi.
Yangiliklar lentasi
0