Rossiya gazidan voz kechgan Germaniya tuzoqqa tushib qoldi – OAV

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGazokompressornaya stansiya Gascade v Ayslebene
Gazokompressornaya stansiya Gascade v Ayslebene - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya gazidan voz kechgani uchun Germaniya Qatarga qaram bo‘lib qolishi mumkin.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Germaniya Rossiyaning energiya resurslarini yetkazib berish o‘rnini bosmoqchi bo‘lib, Qatar qo‘liga tushib qolishi xavfi bor, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi.
Gazetaning qayd etishicha, energetika inqirozi Ko‘rfaz mamlakatlariga, jumladan, suyultirilgan gazning (STG) eng yirik eksportchisi bo‘lgan Qatarga yangi kuch berdi. Shu sababli Yevropa siyosatchilari bu yil mintaqaga ko‘p marta borib, resurslar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishgan.
Biroq, Rossiyaning energiya resurslarini yetkazib berishdagi ulushini kamaytirishga intilayotgan Yevropa endi “yomg‘irdan qochib, do‘lga tutilganga o‘xshaydi”, deya ta’kidlagan Die Welt. Gap shundaki, Yevroparlament (YeP) sobiq rahbari o‘rinbosari Yeva Kayliga qarshi Qatarda jahon chempionati o‘tkazilishi bilan bog‘liq korrupsiya ishi bo‘yicha surishtiruv boshlanganidan so‘ng, YeP tergov davomida qatarlik lobbichilarning tuzilma bilan aloqalarini taqiqlashga uringandi.
Shundan so‘ng, amirlik “noo‘rin tarzda” o‘z kuchidan xabardor ekanligini ko‘rsatdi. Shu tariqa, qatarlik diplomat Dohaning Yevroparlament bilan hamkorligini to‘xtatib qo‘yishga urinishlarni “kamsitish” deb atadi va bunday harakat munosabatlar va gaz ta’minotiga “salbiy” ta’sir ko‘rsatishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Shunday qilib, kichik amirlik Yevropaga gaz jo‘mragini yopib qo‘yish bilan ochiqdan-ochiq tahdid qilmoqda”, - deydi Die Welt.
Nemis kompaniyalari yaqinda Qatar bilan 2026-yildan boshlab ikki million tonna STG yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar imzoladi, shuning uchun “Germaniya hukumati shayxlarning g‘azabini qo‘zg‘atadigan bayonot yoki qaror qabul qilishdan oldin ikki marta o‘ylab ko‘rishi”dan ehtiyot bo‘lish kerak.
Dekabr oyi boshida Belgiya politsiyasi va prokuraturasi Yevroparlament joylashgan Brusselda korrupsiyada gumonlanish holatlari bo‘yicha tergov olib borilgani sababli bir nechta kishini hibsga olib, tintuvlar o‘tkazdi. Xususan, politsiya Yevroparlament raisi o‘rinbosari Yeva Kayli va uning sherigini hibsga oldi. Gap ular jahon chempionatiga mezbonlik qilishga hozirlik ko‘rayotgan Qatarning arizasini qo‘llab-quvvatlash evaziga “katta pul mukofotlari” va “qimmatbaho sovg‘alar” olgan bo‘lishi mumkinligi haqida ketmoqda. Belgiyalik tergovchilar gumonlanuvchilardan 1,5 million yevrodan ortiq naqd pul va qimmatbaho sovg‘alarni musodara qilgan. Kayli o‘z vatanidagi siyosiy partiyasidan chiqarib yuborildi va Yevropa parlamentidagi mavqeyini ham yo‘qotdi.
“Financial Times” gazetasining qatarlik yuqori martabali diplomatga tayanib xabar berishicha, YeIning Yevroparlament atrofidagi korrupsiya mojarosi bilan bog‘liq harakatlari Brussel va Doha o‘rtasidagi global energetika xavfsizligi sohasidagi hamkorlikka “salbiy ta’sir ko‘rsatishi” mumkin.
Yangiliklar lentasi
0