Strategik islohotlar agentligi bosh direktoriga birdan uch o‘rinbosar tayinlandi

© Sputnik / Bolat ShayxinovPortfel
Portfel - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.12.2022
Obuna bo‘lish
Strategik islohotlar agentligi shu yil sentabrda, Strategik rivojlanish agentligi negizida tashkil etilgan.
TOShKENT, 25 dek — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining farmoni bilan iqtisodchi Abdulla Mamasaatovich Abduqodirov Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Abdulla Abduqodirov jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlarga faol tanqidiy-tahliliy munosabatini bildirib kelishi bilan yaxshi tanilgan.
Shuningdek, Akbar Muhidinovich Musayev va Rustamxon Kamalxanovich Azizov agentlik bosh direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi shu yil sentabrda, Strategik rivojlanish agentligi negizida tashkil etilgan. Agentlikka Shuhrat Vafoyev rahbarlik qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0