Fuqarolar YaIDXP orqali eng ko‘p qaysi xizmatdan foydalanishmoqda

© Depositphotos.com / DimaberkutRuki nad klaviaturoy
Ruki nad klaviaturoy  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.12.2022
Obuna bo‘lish
2022 yilda aholi my.gov.uz orqali bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish xizmatini olgan.
TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (AKT) joriy yilda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP - my.gov.uz) orqali ko‘proq qaysi xizmatdan foydalanishganini ma’lum qildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
2022 yilda aholi my.gov.uz orqali eng ko‘p foydalangan TOP-3 xizmatlar:
bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish (+400 ming);
kredit tarixini bilish (+267 ming);
avtotransport oynalari tusini qoraytirishga ruxsatnoma olish (+160 ming).
Tadbirkorlar tomonidan eng ko‘p foydalanilgan TOP-3 xizmatlar:
tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli shartnoma ma’lumotlarini tizimga kiritish (+128 ming);
avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish (+81 ming);
loyiha-smeta hujjatlarini kelishishga ariza berish (+39 ming).
“Hozirda "Raqamli O‘zbekiston-2030" dasturi yordamida 400 dan ortiq axborot tizimlari ishga tushirildi. Organlardan turli ma’lumotlar so‘rash kamaygan. So‘nggi 2-yil davomida 70 xildan ortiq ma’lumotnomalar so‘rash tizimi qisqardi”, - dedi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Dilshod Mirzayev AOKAdagi matbuot anjumanida.
My.gov.uz ning mobil ilovasida 2022-yilda 50 turdagi yangi elektron davlat xizmatlari joriy qilinib, ular soni 160 taga yetkazildi.
Shulardan 22 tasidan ro‘yxatdan o‘tmasdan turib, 92 tasidan esa bepul foydalanish mumkin bo‘ldi.
2022 yil davomida elektron davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishortidan aholining 36 mlrd.dan ortiq mablag‘lari tejalishiga erishilgan.
YaIDXP foydalanuvchilari soni 2022-yilda keskin ortib, 4 millionga yetgan (2022 yil boshida – 1,1 mln edi).
Yangiliklar lentasi
0