Bo‘lajak rahbarlar davlat tilida ish yuritish bo‘yicha test topshiradi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPustoe kreslo
Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.12.2022
Obuna bo‘lish
Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasini aniqlash test sinovlari o‘tkazildi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, test sinovlari rahbar kadrlar va mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslarning davlat tilini bilish darajasini aniqlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.
Talabgorlarning quyidagi ko‘nikmalari tekshirildi:
o‘qib tushunish;
imlo qoidalarini to‘g‘ri qo‘llay olish;
so‘z va qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalana bilish;
tinish belgilarini o‘z o‘rnida ishlata olish;
topshiriqqa ko‘ra mos rasmiy hujjat matnini tayyorlash.
Test sinovi natijalari 15 ish kuni ichida Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0