Advokatlar ko‘rsatadigan yuridik yordamning qiymati oshirilmaydigan bo‘ldi

© Depositphotos.com / Elnur AmikishiyevYurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo
Yurist obsujdayet s kliyentom sudebnoe delo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Deputatlar advokatlik tuzilmalarini qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilariga aylantirishni ko‘zda tutuvchi normaga qat’iy e’tiroz bildirishdi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Advokatlar ko‘rsatadigan yuridik yordamning qiymati oshirilmaydi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi xabar berdi.
Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisda deputatlar advokatlik tuzilmalarini qo‘shimcha qiymat solig‘i (QQS) to‘lovchilariga aylantirishni ko‘zda tutuvchi normaga qat’iy e’tiroz bildirishdi.
Mazkur normada Soliq kodeksining 70-bobini (advokatlarga soliq solish) chiqarib tashlash yo‘li orqali advokatlik tuzilmalarini QQS to‘lovchilariga aylantirish nazarda tutilgan.

“Deputatlar fikricha, bu kabi omillar advokatlar tomonidan ko‘rsatiladigan yuridik yordamning qiymati oshirilishiga, fuqarolar va yuridik shaxslarning malakali yuridik ko‘mak olish imkoniyati pasayishiga sabab bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Uzoq davom etgan bahs-munozaralardan so‘ng xalq vakillari taklifi bilan mazkur norma qonun loyihasidan chiqarib tashlandi.
Ma’lumot uchun, Soliq kodeksiga muvofiq, advokatlar hay’ati, advokatlik firmalari va advokatlik burolari faoliyatning notijorat tashkilotlar sifatida advokatlar tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq qismi bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘lashdan ozod qilinadi.
Soliq bazasi advokatning daromadidan uning daromadida hisobga olinadigan ijtimoiy to‘lov chegirib tashlangan holda aniqlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestri yuritilishi ma’lum qilingandi.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish va unga advokatlarni kiritishning ochiq va shaffof mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Bu bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlash mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0