Rossiyalik bizneschi ayollar uchun Toshkentda maxsus ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

© SputnikUzbekskie platya
Uzbekskie platya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.12.2022
Obuna bo‘lish
Toshkentda 2023-yilning 15-16 mart kunlari sifatli va hamonbop o‘zbek matolari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Yengil sanoat sohasida eksportchi ayollar, jumladan, rossiyalik eksportchi ayollar uchun O‘zbekiston biznes missiyasiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Rossiyaning respublikadagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.
Missiya Toshkentda 2023-yilning 15-16 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. “Moy eksport” raqamli platformasidagi eksportorning shaxsiy kabineti orqali ishtirok etish uchun ariza topshirish mumkin.
Tadbir davomida ishtirokchilar sifatli, hamonbop o‘zbek matolarini xarid qilishlari, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishlari va respublika hududida ishlab chiqarishni mahalliylashtirishlari mumkin bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0