Termizda Xalqaro savdo markazi ochildi

© Torgpredstvo Rossii v UzbekistaneMejdunarodniy torgoviy sentr otkrilsya v Termeze.
Mejdunarodniy torgoviy sentr otkrilsya v Termeze. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.12.2022
Obuna bo‘lish
Markazning ishga tushirilishi Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 1,2 milliard dollarga yetkazishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 27-dekabr kuni Termizda O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida xalqaro savdo markazi ochildi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.
Markazning 4000 do‘konga mo‘ljallangan savdo maydonida tadbirkorlar uchun bloklar mavjud. Bundan tashqari, majmuada ishlab chiqarish-logistika zonasi, tibbiyot punkti va restoran uchun joylar ajratilgan.
Hozircha faqat birinchi bosqich ochildi, loyiha 2023-yilning birinchi choragida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Unda jami 1800 ta savdo nuqtalari, shuningdek, 300 o‘rinli mehmonxona mavjud bo‘ladi.
Xorijiy fuqarolar va yuridik shaxslar majmua hududidagi savdo maydonchalarini xarid qilishi yoki ularni ijaraga olishlari, shu jumladan tekinga ham olishlari mumkin bo‘ladi. Afg‘oniston fuqarolari ushbu majmuada tijoriy maqsadlarda 10 kungacha vizasiz qolishlari mumkin bo‘ladi.
Majmuaning yillik aylanmasi 500 million dollarni, undagi xizmatlar hajmi esa 10 million dollarni tashkil etishi kutilmoqda. Loyihaga 75 million dollardan ortiq sarmoya kiritildi.
Markazning ishga tushirilishi Afg‘oniston bilan savdo aylanmasini 1,2 milliard dollarga yetkazishga xizmat qiladi.
Yangiliklar lentasi
0