Prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi - yangi qaror

© Spuntik / Dmitriy AstaxovPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.12.2022
Obuna bo‘lish
Institut prezidentning huquqiy siyosatni shakillantirish va amalga oshirish bo‘yicha ilmiy, axborot tahliliy jihatdan qo‘llab quvvatlaydi - tafsilotlar.
TOShKENT, 30 dek — Sputnik. Normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda “aqlli tartibga solish” loyihasi joriy etiladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ–462-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjat bilan prezident huzurida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti tashkil etildi.
Qarorga ko‘ra, prezidentga hisobdor bo‘lgan, davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasasi shaklidagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, jumladan:
Prezidentning huquqiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi;
qonunchilik hujjatlarining tartibga solish ta’sirini baholashdan o‘tkazadi va amalga oshirilishini monitoring qiladi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi.
Institutga quyidagi sohalarda amaliy tadqiqotlar o‘tkazish yuklatiladi:
ma’muriy islohotlar o‘tkazish sharoitida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishning huquqiy muammolarini o‘rganish;
konstitutsiyaviy islohotlarning siyosiy-huquqiy ustuvor yo‘nalishlari va uni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish (davlat boshqaruvi, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish);
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichida ularning tartibga solish ta’sirini baholash tizimini maqbullashtirish orqali “aqlli tartibga solish” loyihasini joriy etish;
korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy muammolarini o‘rganish.
Hujjatga ko‘ra, institut tomonidan o‘tkaziladigan fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtirish maqsadida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tuziladi.
Yangiliklar lentasi
0