O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatida o‘sish kuzatilayotgan sportchilar qatoriga kiritildi

© Futbol Assotsiatsiyasi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev
Ibrohimhalil Yo‘ldoshev  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2023-yilda faoliyatida o‘sish kuzatilishi kutilayotgan va keyingi avlod yulduzligiga da’vogar 11 nafar iqtidorli futbolchining ro‘yxatini tuzib chiqdi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev faoliyatida o‘sish kuzatilayotgan futbolchilar qatoriga kiritildi. Bu haqda Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
Osiyo futbol konfederatsiyasi 2023-yilda faoliyatida o‘sish kuzatilishi kutilayotgan va keyingi avlod yulduzligiga da’vogar 11 nafar iqtidorli futbolchining ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatdan O‘zbekiston milliy va U-23 terma jamoasi himoyachisi Ibrohimxalil Yo‘ldoshev ham joy oldi.
Ma’lumot uchun, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev 2001-yil Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkentning “Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi. “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublarida o‘ynagan. O‘zbekiston chempioni, O‘zbekiston Superkubogi sohibi.
U 2021-yildan buyon o‘z faoliyatini Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasida olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0