Toshkent OTMlarida yangi yildan dars jadvali o‘zgardi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishPassajiri na stansii metro "Alishera Navoi" v Tashkente
Passajiri na stansii metro Alishera Navoi v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida joylashgan 31ta OTMlarda darslar boshlanish vaqti o‘zgardi. Batafsil quyida tanishing.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida joylashgan 31ta OTMda darslar boshlanish vaqtlari o‘zgaridi. Bu haqida Oliy ta’lim vazirligi xabar qilmoqda.

Poytaxt metropolitenida yo‘lovchi oqimini to‘g‘ri taqsimlash, talabalarning o‘z vaqtida dars mashg‘ulotlariga yetib borishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida bekatlarga yaqin joylashgan oliy ta’lim muassasalarining maqbullashtirilgan ish grafigi tasdiqlandi, - deyiladi xabarda

Unga ko‘ra, 2023-yil 9-yanvardan boshlab ro‘yxatda keltirilgan ta’lim maskanlari talabalari o‘zgargan grafik asosida darslarga qatnashadi.
️Eslatib o‘tamiz, qishki ta’til tugab, dars jarayonlarining boshlanish sanasi 9-yanvar, dushanba kuniga to‘g‘ri keladi, 5-yanvardan esa talabalar turar joylari o‘z ishini boshlaydi.
© xushnudbekToshkent OTMlarida dars jadvali o‘zgarishi
Toshkent OTMlarida dars jadvali o‘zgarishi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Toshkent OTMlarida dars jadvali o‘zgarishi
Yangiliklar lentasi
0