O‘zbek kurashi Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze
Mejdunarodniy turnir na kubok Prezidenta Respubliki Uzbekistan po kurashu v Termeze - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Kurash 2023-yil Kongo Demokratik Respublikasida o‘tkaziladigan Afrika o‘yinlari tizimiga alohida sport turi sifatida kiritildi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. O‘zbek milliy sporti – kurash Olimpiya o‘yinlarining muhim bo‘g‘ini bo‘lgan Afrika o‘yinlari dasturiga kiritildi. Bu haqda “Dunyo” Xalqaro kurash assotsiatsiyasi (XKA) ga tayanib, xabar berdi.
Qayd etilishicha, kurash 2023-yilning avgust oyida Kongo Demokratik Respublikasining Brazzavil shahrida o‘tadigan Afrika o‘yinlari tizimidan alohida sport turi sifatida rasman joy oldi.
Shu munosabat bilan Xalqaro kurash assotsiatsiyasi bosh kotibi va texnik direktori Muhammad Rizo Nosiriy mazkur o‘yinlar bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish maqsadida Kongoga xizmat safari uyushtirdi.
Tashrif davomida u Kongo Yoshlar va sport, fuqarolik ta’limi vaziri Xuguyes Ngouyelondele bilan uchrashdi. Muloqot davomida kurashning Afrika o‘yinlaridagi texnik jihatlariga oid masalalar muhokama qilindi. Kurash musobaqalari uchun zarur bo‘lgan vositalar, texnik talablar va takliflar bildirildi.
Uchrashuv davomida XKA bosh kotibi Rizo Nosiriy Afrika o‘yinlarida kurash musobaqalari o‘tadigan zallar, sportchi va hakamlar, texnik delegatlar uchun ajratiladigan majmualar bilan tanishdi.
Yangiliklar lentasi
0