Shuhrat G‘aniyev yangi lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaXokim Ferganskoy oblasti Shuxrat Ganiyev nagrajden ordenom "Za slujbu Rodine"
Xokim Ferganskoy oblasti Shuxrat Ganiyev nagrajden ordenom Za slujbu Rodine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Shuhrat G‘aniyev 9-yil davomida Farg‘ona viloyati hokimi lavozimida faoliyat yuritgan.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Shuhrat Madaminovich G‘aniyev O‘zbekiston prezidentining Iqtisodiyot sohalarini rivojlantirish, investitsiya va tashqi savdo siyosatini amalga oshirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bungacha u 2020-yil 25-sentabrdan beri bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi. Ma’muriy islohot doirasida bosh vazirning o‘rinbosarlari 8 tadan 4 taga qisqartirilgach, uning lavozimi tugatildi.
Shuhrat G‘aniyev 1968-yilning 11-sentabr kuni Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahrida tavallud topgan. Millati – o‘zbek. Partiyaviyligi yo‘q. Ma’lumoti – oliy.
1992 yilda Toshkent davlat agrar universiteti, 2005-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini tamomlagan.
2002-2004 yillarda “O‘zqishloqxo‘jalikkimyo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari, 2004-2007 yillarda “O‘zkimosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U 2007-2008 yillarda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri bo‘lgan.
2008-2011 yillarda Farg‘ona viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2011-2012 yillarda – Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi bo‘lib ishlagan. 2012-2020 yillarda viloyat hokimi bo‘lgan.
Ma’lumot o‘rnida, Shuhrat G‘aniyev afg‘on urushi ishtirokchisi sanaladi. 2019-yilda Sobiq ittifoq qo‘shinlarining Afg‘onistondan chiqarilganiga 30-yil to‘lishi munosabati bilan Afg‘oniston urushi faxriysi sifatida Shuhrat G‘aniyev qimmatbaho toshli orden bilan taqdirlangandi.
Yangiliklar lentasi
0