Islom sivilizatsiyasi markazi qadimgi yozma manbalar ma’lumot bazasini yaratdi

Obuna bo‘lish
Davlat milliy reyestrini yaratishdan maqsad – unga kiritilgan asarlar chegaradan noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi noyob kitoblarni saqlashga doir yirik loyihani ishga tushirdi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Markaz direktori Shoazim Minovarovning so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilning oxiriga qadar mamlakatdagi barcha qo‘lozmalar va toshbosma asarlarni ro‘yxatga olish yakunlangan.
"Ushbu ro‘yxatdan 21 670 ta qo‘lozma, 30 585 ta toshbosma asarlar o‘rin oldi. Endi markaz tomonidan Davlat milliy reyestri tuzilishi boshlandi. Mazkur loyiha ustida yil boshidan qizg‘in ish olib borilmoqda”, - deydi Minovarov.

Jildlar

Davlat milliy reyestrida maxsus jildlar bo‘ladi, uning har birida 1000 tadan nodir qo‘lozmalar kiritiladi. Shuningdek, qo‘lozma haqidagi asosiy ma’lumotlar: yozilgan va ko‘chirilgan vaqti, qanday qog‘ozga ko‘chirilganligi, qayerda saqlanayotganligi, hozirgi ahvoli kabilar kiritiladi.
Markaz hozirgacha 4 ta jild yaratgan, 2023-yil yakuniga qadar ishlar yana davom ettiriladi.
“Davlat milliy reyestrini yaratishdan maqsad – unga kiritilgan asarlar chegaradan noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilmaydi. Turli auksionlarda bu bebaho asarlar anonim tarzda sotilmaydi. Eng asosiysi, reyestrdagi qo‘lozma va toshbasma asarlarning hozirgi ahvoli ayon bo‘lib turadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, manbalarni saqlashda hech qanday taziyq yo kuch ishlatish usullari qo‘llanilmaydi”, - dedi mutaxassis.

Saqlash omillari

Respublikadagi fond, muzey, kutubxona yoki boshqa markazlarda noyob manbalarni saqlash imkoniyati bo‘lsa, masalan 23-25 daraja issiqlik, 56 darajadan yuqori bo‘lmagan namlik ta’minlansa, qo‘lozmalarni saqlash mumkin.
Direktor qayerdaki qo‘lozmalarni saqlash imkoniyati bo‘lmasa, ularni markazga topshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi. Har bitta noyob manbalar asl holatda saqlanishi lozim.

Asarlar

“Masalan hazrati Jomiyning o‘z qo‘llari bilan ko‘chirilgan asarlari Alisher Navoiyga tuhfa qilib berilgan yagona nusxa bizda saqlanyapti. Yana bir o‘ta noyob kitob Boburiy malikalariga tegishli bo‘lgan “Oltin Qur’on” qo‘lozmasi ham mavjud. Shuningdek, reyestrdan Alisher Navoiyning “Xazoin ul-maoniy” – “Ma’nolar xazinasi” asari, “Tafsir tibbiyon”, “Muqaddimatul jazairiya”, “Solatil Mas’udi”, “Qomus” kabi asarlari o‘rin olgan”, - dedi Minovarov.
© Islom sivilizatsiyasi markazi
Imom al-Buxoriy asarlari - Sputnik O‘zbekiston
1/5
© Islom sivilizatsiyasi markazi
Imom Buxoriy to‘plagan hadislar jamlanmasi - Sputnik O‘zbekiston
2/5
© Islom sivilizatsiyasi markazi
Zamahshariy asarlari - Sputnik O‘zbekiston
3/5
© Islom sivilizatsiyasi markazi
Alisher Navoiy asarlari - Sputnik O‘zbekiston
4/5
© Islom sivilizatsiyasi markazi
Alisher Navoiy asarlari - Sputnik O‘zbekiston
5/5
Yangiliklar lentasi
0