Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 10-yanvarning asosiy xabarlari

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto
Voyennoslujashiy Voorujennix sil RF, zadeystvovanniy v spetsialnoy voyennoy operatsii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiy texnikasini bosqichma-bosqich yo‘q qilishda davom etmoqda. O‘tgan sutka davomida 3 ta samolyoti, 2 ta M777 to‘pi, 3 ta gaubitsa, 2 ta "Grad" va yana o‘nlab jangovar texnikasini yo‘q qildi.
TOShKENT, 10 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning 10-yanvar holatiga asosiy xabarlari.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:

Kupansk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlari Xarkov viloyatining Timkovka va Ivanovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining 14-mexanizatsiyalashgan brigadasi kuchlari to‘plangan joylariga artilleriya zarbalarini berishdi. 20 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, zirhli jangovar mashina va to‘rtta texnika yo‘q qilindi.
Qizil Liman yo‘nalishida UQKning 95-havo-desant-zarba brigadasi va DXRning Serebranka va LXRning Stelmaxovka aholi punktlarida joylashgan 103-hududiy mudofaa brigadasi bo‘linmalari artilleriyadan o‘qqa tutildi. Dushman yo‘qotishlari 40 dan ortiq harbiy xizmatchilar, zirhli transport va uchta pikapni tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari davomida rus qo‘shinlari Ukraina Qurolli Kuchlarining 57 va 59-motoo‘qchilar brigadalari bo‘linmalarini mag‘lub etishdi. 50 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta tank, ikkita zirhli jangovar mashina va to‘rtta texnika yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida DXRning Prechistovka va Zolotaya Niva aholi punktlarida joylashgan UQK bo‘linmalariga kompleks zarbalar natijasida 20 dan ortiq harbiy xizmatchi va uchta pikap yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya tomonidan DXRning Konstantinovka aholi punktida joylashgan UQKning 53-mexanizatsiyalashgan brigadasi va Zaporojye viloyatining Orexov shahrida joylashgan 108-hududiy mudofaa brigadasining raketa va artilleriya qurollari omboriga, shuningdek UQKning 105 ta hududda joylashgan 62ta artilleriya birliklariga zarba berildi.
Artilleriyaga qarshi janglarda kun davomida DXRning Seversk va Avdeyevka aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M777 artilleriya tizimi, DXRning Avdeyevka, Seversk va Zvanovka aholi punktlari hududlarida Polshada ishlab chiqarilgan to‘rtta o‘ziyurar artilleriya quroli "Krab", LXRning Nevskoe, Novolyubovka va Sumi viloyati, Shaligino aholi punktlari hududlarida uchta D-20 gaubitsalari, DXRning Artyomovsk va Konstantinovka aholi punktlarida "Grad" ko‘p-raketali tizimlarining ikkita qurilmasi, shuningdek Seversk shahridagi "Uragan" yoppasiga o‘t ochish jangovar mashinasi yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, DXRning Artyomovsk va Dzerjinsk aholi punktlari hududlarida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita AN/TPQ-50 va AN/TPQ-36 artilleriyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi.
Rossiya Havo-kosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari DXRning Yasenovoe, Pushkino va Maksimilyanovka aholi punktlari hududlarida Ukraina harbiy-havo kuchlarining uchta Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir kun ichida LXRning Ploshanka, Oborotnovka, Podkuychansk, Chervonopopovka, Golikovo, Jitlovka va Kremennaya aholi punktlari, shuningdek DXRning Valeranovka, Volnovaxa va Yevgenovka aholi punktlarida Ukrainaning 10 ta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina Qurolli kuchlarining jami 370 ta samolyoti, 200 ta vertoloti, 2866 ta uchuvchisiz uchish apparati, 400 ta zenit-raketa kompleksi, 7465 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 975 ta ko‘p raketali tizimlari, 3802 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 7992 dona maxsus harbiy mashinalari yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0