Toshkent hayvonot bog‘i vaqtincha yopildi

© Press-slujba Tashkentskogo zooparkaZima v Tashkentskom zooparke
Zima v Tashkentskom zooparke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.01.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, Toshkentda yoqqan kuchli qor tufayli hayvonot bog‘ida daraxt shoxlari sina boshlagan.
TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Toshkent hayvonot bog‘i vaqtincha yopildi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Toshkentda yoqqan kuchli qor tufayli hayvonot bog‘ida daraxt shoxlari sina boshlagan.

"Mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bog‘ni vaqtincha yopishga qaror qilindi", - deyiladi xabarda.

Hozirda bog‘ hududidagi "Terrarium", "Yirtqichlar" va "Primatlar" bo‘limlarida yer osti isitish tizimi mavjud.
Shuningdek, hayvonlarning toza havoda yurishi, yopiq xonada sayr qilishlari uchun korpusning tashqi va ichki qismlari orasidagi kirish joyi doimo ochiq. Ba’zi jonivorlar volyerlariga somondan tayyorlangan tabiiy isituvchi sholchalar qo‘yilgan.
"Akvarium" bo‘limida sovuq havoda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan elektr uzilishlari vaqtida, generatorlar ishga tushadi. Bularning barchasi ularni doimiy 24/7 rejimida kislorod bilan ta’minlash uchun amalga oshiriladi.
Qolaversa, jonivorlar saqlanadigan xonadagi umumiy harorat markaziy isitish tizimi orqali ta’minlanadi.
Yangiliklar lentasi
0