Shavkat Mirziyoyev uran qazib olish loyihalari bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po rasshireniyu dobichi uglya i urana.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov po rasshireniyu dobichi uglya i urana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran qazib olishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi.
TOShKENT, 11 yanv - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev ko‘mir va uran ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Taqdimotdab prezident tomonidan oldin qo‘yilgan vazifalar, xususan ko‘mir qazib olish hajmini oshirish borasida qilinayotgan ishlar haqida axborot berildi.
Xususan, joriy yilda “Sharg‘unko‘mir” aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish loyihasi yakunlanadi. Buning evaziga O‘zbekistonda yuqori sifatli ko‘mir qazib olish quvvati 900 ming tonnagacha oshadi, deyiladi xabarda.
Shavkat Mirziyoyev undan tashqari “Sharg‘un” va “Boysun” konlarini o‘zlashtirish, va bu konlarga investorlarni jalb qilib, yangi loyihalarni amalga oshirish zarurligini ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hududida qariyb 2 milliard tonna ko‘mir zaxiralari mavjud.
Undan tashqari prezident uran qazib olish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, qo‘shimcha yangi konlarni aniqlash bo‘yicha loyihalarni jadallashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2030-yilga qadar uran qazib olish hajmini 2 barobarga oshirib, 7,1 ming tonnaga yetkazish haqida prezident qarori qabul qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0