Taekvondo akademiyasiga kimlar qabul qilinishi ma’lum bo‘ldi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaCharos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.
Charos Kayumova zavoyevala serebranuyu medal na chempionate Azii po taekvondo WT v Yujnoy Koree.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston taekvondo akademiyasi tashkil etiladi. Akademiyaga fuqarolar va chet el fuqarolari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
TOShKENT, 11 yanv — Sputnik. Taekvondo akademiyasining asosiy vazifalari belgilandi. Bu Hukumat qabul qilgan 9-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qaror bilan 1-fevralgacha hududlarda ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish uchun foydalanilmayotgan bo‘sh binolar Taekvondo (WT) assotsiatsiyasining hududiy bo‘linmalariga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul ajratiladi va ular faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga ko‘ra, Taekvondo akademiyasiga fuqarolar va chet el fuqarolari kasbiy mahorati va malakasini oshirish uchun to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Akademiya 2023-yil 1-sentabrdan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 2022-yil 29-iyuldagi qaroriga muvofiq Taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida akademiya hamda 2023-2024 yillarda hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlarini tashkil etish belgilangan.
Taekvondo, shu jumladan, parataekvondo (WT) bo‘yicha sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, professional, yuqori malakali sportchilar, trenerlar, trener-seleksionerlar, hakamlar va boshqa mutaxassislarni xalqaro talablar asosida tayyorlashga ko‘maklashish akademiyaning asosiy vazifalaridan biri.
Yangiliklar lentasi
0