Buxoroda darslar boshlanish sanasi o‘zgartirildi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINShkolnie prinadlejnosti
Shkolnie prinadlejnosti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Viloyat hokimligi ota-onalar murojaatini inobatga olib, darslarning boshlanish sanasini 16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Buxoro viloyatidagi barcha umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 16-yanvardan boshlanadi. Bu haqda hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etish joizki, viloyatda darslar 11-yanvar kunidan an’anaviy tarzda boshlab yuborilgan edi. Biroq sovuq ob-havo sharoitida ko‘pchilik ota-onalarning murojaatlarini inobatga olib, barcha ta’lim muassasalarida o‘qish 16-yanvar kunidan boshlanishi belgilangan.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim maskanlari ham o‘z ishini 16-yanvar kunidan boshlaydi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun darslar qishki ta’tildan so‘ng 2023 yilning 11-yanvaridan, talabalar va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun esa 9-yanvardan boshlanishi kerak edi. 5-yanvar kuni mamlakatga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida ta’til muddatini 17-yanvarga qadar uzaytirishga qaror qilindi.
10 yanvar kuni Vazirlar Mahkamasi bayoniga asosan hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda hokimliklarga ta’lim tashkilotlarida qishki ta’til davrini uzaytirish yoki uzaytirmaslik vakolati berildi va 11-yanvardan bosqichma-bosqich dars mashg‘ulotlari boshlandi.
Yangiliklar lentasi
0