Davlat Bobonov dunyoning eng yaxshi dzudochisi unvoniga sazovor bo‘lishi mumkin

© NOK Uzbekistana / Anvar IlyasovDavlat Bobonov zavoyeval pervuyu medal sbornoy Uzbekistana po dzudo na Olimpiyskix igrax Tokio-2020
Davlat Bobonov zavoyeval pervuyu medal sbornoy Uzbekistana po dzudo na Olimpiyskix igrax Tokio-2020 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.01.2023
Obuna bo‘lish
Ovoz berish jarayoni 12-31 yanvar kunlari bo‘lib o‘tadi. Davlat Bobonovga bu unvonni qo‘lga kiritish yo‘lida 4 nafar dzudochi raqiblik qiladi.
TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. O‘zbekistonlik sportchi Davlat Bobonov dunyoning eng yaxshi dzudochisi bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Xalqaro dzudo federatsiyasi (IJF) 2022-yilning eng yaxshi dzudochisi bo‘lishga nomzod sportchilarni e’lon qildi. Unda Davlat Bobonov “Yilning eng yaxshi erkak dzudochisi” nominatsiyasining nomzodlari orasida e’tirof etilgan.
Reglamentga ko‘ra, ovoz berish jarayoni 12-31 yanvar kunlari awards.ijf.org platformasida bo‘lib o‘tadi.
G‘olib 5-fevral kuni Parij “Katta dubulg‘a” turniri doirasida e’lon qilinadi. Davlat Bobonovga bu borada yana 4 nafar dzudochi raqiblik qiladi:
Tato Grigalashvili (Gruziya);
Endi Granda (Kuba);
Sogbatar Send-Ochir (Mo‘g‘uliston);
Xifumi Abe (Yaponiya).
Eslatib o‘tamiz, Davlat Bobonov qatorasiga ikkinchi yil dzudo bo‘yicha jahon reytingini peshqadamlik bilan tugatdi. O‘tgan yil yakunidagi peshqadamlik uchun Bobonov Xalqaro dzudo federatsiyasi tomonidan 10 ming dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanishi ma’lum qilingan.
Davlat Bobonov - Sputnik O‘zbekiston
Davlat Bobonov

Davlat Xusniddin o‘g‘li Bobonov - o‘zbekistonlik dzudochi, 90 kg.

Jahon chempioni, 2022-yil, Toshkent.

Osiyo chempioni, 2021-yil, Bishkek.

Bronza medal sovrindori, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari.

Bobonov 1997-yil 7-iyun kuni Navoiy viloyati Nurota tumanida Chuya qishlog‘ida tug‘ilgan.

Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktab-internatida tahsil olgan. Samarqand davlat universitetiga o‘qishga kirgan.

2020 yilda Dusseldorfda bo‘lib o‘tgan dzudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi turnirda u finalda ukrainalik sportchi Kejau Nyabalini mag‘lub etib, g‘alaba qozondi.

2021 yilda Qirg‘izistonda, Bishkekda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida 90 kilogramm vazn toifasida finalda yaponiyalik Shoichiro Mukayni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi.

Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Olimpiya o‘yinlari-2021 jahon chempionatida u 90 kilogramm vazn toifasida finalda ispaniyalik sportchi Nikoloz Sherazadishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

2022 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida oltin medal sohibi bo‘ldi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0