Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Soledarni ozod qilish qanday ahamiyatga ega - MV

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis "Msta"
Mobilizovannie porazili pozitsii VSU iz modernizirovannix gaubis Msta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.01.2023
Obuna bo‘lish
Soledarni uchun janglarda 700dan ortiq ukrainalik harbiylar va xorijiy yollanmalar hamda 300dan ortiq qurol-asla va harbiy texnika yo‘q qilindi.
TOShKENT, 13 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Soledarning ozod etilishi keyingi muvaffaqiyatli hujumlar uchun imkon yaratadi.
Soledar ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatish janubi-g‘arbda joylashgan Artemovsk shahrida Ukraina qo‘shinlarining ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yish, keyin esa UQK bo‘linmalarini qurshovga olish imkonini beradi, - deyiladi bayonotda.

Soledar qanday ozod qilindi:

12 yanvar oqshomida Soledar shahrini ozod qilish yakunlandi. Bu Donesk yo‘nalishida muvaffaqiyatli hujum operatsiyalarini davom ettirish uchun imkon beradi.
Soledarni qo‘lga olish dushmanni hujum va armiya aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi tomonidan doimiy ravishda o‘qqa tutish tufayli mumkin bo‘ldi. UQK pozitsiyalariga berib turilgan to‘xtovsiz zarbalar ularga o‘q-dori, yetkazib berishni va dushmanning boshqa mudofaa chizig‘iga chekinishiga imkon bermadi.
Rossiya qiruvchi samolyotlari shaharni ozod qilish davomida Ukrainaning uchta samolyoti va vertolotini yo‘q qildi;
Rossiya havo mudofaa tizimlari Soledar osmonida 9 ta HIMARS, “Olxa” va “Uragan” raketalarini urib tushirdi.
Shaharni ozod qilish hujumi vaqtida havo-desant bo‘linmalari dushmanga qarama-qarshi yo‘nalishda yashirin manyovr amalga oshirishdi, dushmanga muvaffaqiyatli hujum uyushtirib qulay tepaliklarni egallab olishdi.
Rossiya radoelektron urush kuchlari va vositalari dushmanning boshqaruv tizimi va aloqasini muvaffaqiyatli bostirdi, va Ukraina tomoniga UAVlardan foydalanish imkonini bermadi.
Operatsiya yakuniga ko‘ra, dastlabki hisob-kitoblar bo‘yicha Soledar uchun janglarda 700dan ortiq ukrainalik harbiylar va xorijiy yollanmalar hamda 300dan ortiq qurol-asla va harbiy texnika yo‘q qilindi.
Yangiliklar lentasi
0