Farg‘ona viloyatidagi maktab va bog‘chalarda ta’til yana uzaytirildi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishShkola
Shkola - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.01.2023
Obuna bo‘lish
Farg‘ona viloyati hokimligi ta’til kunlarini viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib uzaytirdi.
TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. Farg‘ona viloyati maktablari va maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Farg‘ona viloyatidagi 975 ta umumta’lim maktablarida, prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda hamda barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 18-yanvarga qadar uzaytirildi.
O‘quv mashg‘ulotlari 18-yanvar, chorshanba kunidan boshlanadi.
Qayd etilishicha, ta’til kunlari viloyat hududida sovuq ob-havo sharoiti saqlanib qolayotganidan kelib chiqib uzaytirildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq bir qator hududlarda maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida qishki ta’til 16-yanvarga qadar davom etishi ma’lum qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0