Nepalda bortida 72 kishi bo‘lgan samolyot halokatga uchradi – video

© AFP 2023 / Krishna Mani Baral Na meste krusheniya samoleta Yeti Airlines v Nepale
Na meste krusheniya samoleta Yeti Airlines v Nepale  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Yeti Airlines” aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti halokatga uchrashi oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Nepalning “Yeti Airlines” aviakompaniyasi yo‘lovchi samolyoti halokat uchradi, deb xabar bermoqda “The Kathmandu Post” gazetasi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Pokxara aeroportida ro‘y bergan. Samolyot Pokxaradan Katmanduga uchishi kerak bo‘lgan.
Aviakompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, samolyot bortida 68 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan.
Nepal bosh vaziri Pushpa Kamal Daxal Vazirlar mahkamasining tezkor yig‘ilishini o‘tkazishga qaror qilgan. Tegishli vazirliklarga hodisa sabablarini aniqlash va tezkor qutqaruv ishlarini samarali o‘tkazishni topshirgan.
Yangiliklar lentasi
0