Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Artyomovskdan chekinish imkoniyatini ko‘rib chiqapti – WP

© AFP 2023 / Sameer Al-DoumyUkrainskie voyennie na tanke T-72 v Baxmute (Artemovsk)
Ukrainskie voyennie na tanke T-72 v Baxmute (Artemovsk) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.01.2023
Obuna bo‘lish
“Washington Post” Ukraina shaharga qancha kuch yuborish borasida oddiy bo‘lmagan qarorlarga duch kelayotgani haqida yozmoqda.
TOShKENT, 15 yanv — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Artyomovskdan chekinish haqida o‘ylab qolishdi, deb yozadi “Washington Post” gazetasi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina shaharga qancha kuch yuborish borasida oddiy bo‘lmagan qarorlarga duch kelmoqda, chunki yaqin oylarda yangi qarshi hujumni boshlashga majbur bo‘ladi.
“Biz shaharni himoya qilayotib, ko‘p do‘stlarimizni yo‘qotdik. Shu bois hozir uni topshirmoqchi emasmiz. Biroq, ehtimol, qo‘shinlarni vaqtincha olib chiqish ayrim odamlarimizni qutqarib qoladi”, - deya gazeta ismi ochiqlanmagan Ukraina qo‘mondoni so‘zlarini keltirgan. Qo‘mondon uning bo‘linmasi Artyomovskda katta yo‘qotishlarga duch kelganini qo‘shimcha qilgan.
Razvedka bataloni qo‘mondoni Yuriy Skala o‘z navbatida harbiy rahbariyat agar “taktik manyovr” kerak bo‘lsa, zaruriy choralarni ko‘rishga umid bildirgan.
“Agar yo‘qotishlarimiz katta bo‘lishi ma’lum bo‘lsa, men bosh qo‘mondonimizning taktik manyovr va yangi mudofaa chizig‘i yaratish to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlayman”, - degan u gazetaga.
Biroq Artyomovskdan hatto tashkillashtirilgan holda chekinish siyosiy nuqtayi nazarda yomon oqibatlarga olib keladi, deya xulosa qiladi WP.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazoratida ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 12-yanvar kuni Rossiya qo‘shinlarining Artyomovsk — Seversk mudofaa chizig‘i markazidagi Soledarni ozod qilish operatsiyasi yakunlandi. Soledar ustidan to‘liq nazoratni o‘rnatish janubi-g‘arbda joylashgan Artyomovsk shahrida Ukraina qo‘shinlarining ta’minot yo‘llarini uzib qo‘yish, keyin esa UQK bo‘linmalarini qurshovga olish imkonini beradi.
24 fevraldan beri Rossiya Ukrainada maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Qurolli kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash vazifasi turibdi.
Yangiliklar lentasi
0