Energetika vazirligi aholiga murojaat bilan chiqdi

© Hududiy elektr tarmoqlari" Toshkent shahar filiali Toshkent shahar
Toshkent shahar  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.01.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.
TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Kunlik tabiiy gaz iste’molining 10 foizi hamda elektr energiyasining 8 foizi qo‘shimcha import yordamida ta’minlanib kelmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi murojaatida aytiladi.
Ta’kidlanishicha, resurslar yetarli emasligi hisobiga iste’molchilarni energiya resurslari bilan ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

“Bugungi kunda respublikaning elektr energiyasi iste’moli eng baland ko‘rsatkichga, ya’ni 250 mln kVt.soatga chiqdi. Shuningdek, tabiiy gazga bo‘lgan kunlik talab qazib chiqarishga nisbatan yuqoriligicha saqlanib qolmoqda”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, iste’molchilarning xonadonlarni isitish uchun elektr qurilmalaridan keng foydalanishi natijasida birgina Toshkent shahrida kecha kun davomida tarmoqlarda yuklamalarning ortishi hisobiga 1000 dan ortiq nosozlik yuzaga kelgan.
Nosozliklarni bartaraf etish ishlarini jadallashtirish maqsadida respublika bo‘ylab barcha hududiy elektr tarmoqlari korxonalaridan qo‘shimcha brigadalar Toshkentga jalb qilingan.
Energetika vazirligi bunday vaziyatda aholidan elektr energiyasini tejab ishlatishni so‘ragan.
“Hurmatli vatandoshlar, albatta biz ushbu vaziyatni o‘nglash, nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rmoqdamiz. Mana shunday og‘ir paytda barchamiz birlashib harakat qilsak bu muammolarni yengamiz. Bunda energiya resurslaridan oqilona va imkon qadar tejamkorlik bilan foydalanish eng muhim omil hisoblanadi. Buning uchun imkon qadar, xonadonlarda bittadan ortiq elektrda ishlaydigan isitish qurilmalaridan foydalanmaslik, korxonalar va tashkilotlar xodimlarini vaqtincha onlayn ish rejimiga o‘tkazish, ortiqcha ko‘cha chiroqlarini, reklama ekranlari va illyuminatsiyalar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan binolardagi chiroqlarni o‘chirish, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanayotgan iste’molchilarga chora ko‘rish lozim”.
Buning natijasida mazkur tejalgan energiya resurslarini aholi va ijtimoiy soha obyektlariga yo‘naltirishga erishiladi, deyiladi xabarda.
Toshkentda isitish tizimini yaxshilash uchun issiq suv bosimi pasaytirildi
Yangiliklar lentasi
0