O‘zbekiston gimnastika bo‘yicha OCh musobaqalarini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi

© Natsionalniy olimpiyskiy komitet UzbekistanaTaxmina Ikromova na turnire v Moskve
Taxmina Ikromova na turnire v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2023-2024 yillarda gimnastikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionatlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 17 yanv — Sputnik. Toshkent badiiy va sport gimnastikasi bo‘yicha litsenzion Osiyo chempionatlariga mezbonlik qiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qatar poytaxti Doxa shahrida 14-16 yanvar kunlari Osiyo gimnastika ittifoqining (AGU) navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirning birinchi kuni 2023-2024 yillarda gimnastikaning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha Osiyo chempionatlarini o‘tkazishga nomzod davlatlar masalasi ko‘rib chiqildi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi mamlakatda musobaqalarni o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonda o‘tkaziladigan musobaqlar:
Akrobatika bo‘yicha Osiyo chempionati – 2023-yil oktabr;
Sport gimnastikasi bo‘yicha XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati – 2024-yil may;
Badiiy gimnastikasi bo‘yicha XXXIII yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi yoshlar va kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati – 2024-yil may;
Sport gimnastikasi murabbiylari uchun o‘quv kursi – 2023-yil;
Parkur murabbiylari uchun o‘quv kursi – 2023-yil.
Shuningdek, konferensiyada ovoz berish yo‘li orqali Rahmon al Shatri (Qatar) AGU prezidenti etib qayta saylandi.
O‘zbekiston gimnastika federatsiyasining quyidagi vakillari AGUda turli lavozimlarga saylanishdi:
AGUning badiiy gimnastika bo‘yicha texnik qo‘mitasi rahbari – Go‘zal Mo‘minova;
AGU vitse-prezidenti, Markaziy va Janubiy mintaqalar bo‘limi rahbari – Timur Abduvaliyev;
Gimnastika hamma uchun texnik qo‘mitasi a’zoligiga – Yuliya Rodimseva;
Erkaklar sport gimnastikasi bo‘yicha texnik qo‘mita a’zoligiga – Ravshan Mirzayev;
Ayollar sport gimnastikasi bo‘yicha texnik qo‘mita a’zoligiga – Stella Koshechkina;
Trampolin bo‘yicha texnik qo‘mita a’zoligiga – Yekaterina Xilko.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va Yaponiya AGUga a’zo 39 mamlakat orasida tashkilotda eng ko‘p vakillari saylangan mamlakatlar bo‘lishdi. Bundan tashqari, 4 mintaqadan tashkil topgan AGUning Markaziy va Janubiy hududini Timur Abduvaliyev boshqaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident O‘zbekistonda gimnastika sport turlarini rivojlantirishga oid qarorni imzolagan edi. Unga ko‘ra, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida zamonaviy moddiy-texnika va o‘quv-mashq bazasiga ega bo‘lgan hududiy Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etiladi.
Yangiliklar lentasi
0