Arab davlatlari mardlik namoyish qildi - Sergey Lavrov

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishSergey Lavrov
Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
G‘arbning harchand bosim o‘tkazishiga qaramasdan, arab davlatlari Yevropadan farqli ravishda, mardlik namoyish qildi, ular Rossiyaga o‘z munosabatini o‘zgartirmadi - Sergey Lavrov.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Rossiya va arab davlatlari munosabatlarini sog‘lom va ildam rivojlanmoqda, dedi Lavrov Rossiya va arab davlatlari munosabatlari haqida savolga javoban.
Xususan, maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlar Rossiyaga nisbatan har qanday uslubda zarar yetkazishga, Rossiya vakillariga so‘z bermaslikka urinmoqda.
Misol sifatida Lavrov o‘zining o‘tgan yilda Misrda bo‘lib o‘tgan “Arab davlatlari ligasi” majlisiga tashrif buyurgani haqida aytib berdi.
Vazir so‘zlariga ko‘ra, Lavrovning tashrifidan 3 kun oldin bir necha g‘arb davlatlari elchilari yig‘ilib, Arab davlatlari ligasi tashkilotchilari bilan uchrashgan va Lavrovning tashrifini bekor qilishni talab qilgan.
Rad javobini olgandan so‘ng ular Lavrov nutqidan so‘ng barcha vakillar chiqib, Rossiyaning Ukrainada o‘tkazayotgan maxsus operatsiyasini keskin qoralashi lozimligini aytgan. Lekin arab davlatlari vakillari bunga ham rad javobi berishgan.
Qarshilikni uddalay olmaganidan so‘ng g‘arbliklar tadbirda ishtirok etayotgan har bir arab davlati elchilariga Lavrov bilan suratga tushmaslik kerakligi haqida yozma eslatma tarqatib chiqishgan.

"Menimcha, bu pastkashlik, - dedi Lavrov. - Lekin arab davlatlari vakillariga qoyil qolish kerak, ushbu qog‘ozni olganlar tadbirdan so‘ng Lavrovning yoniga kelib ataylab suratga tushishni so‘rashgan".

Va shu bilan birga, tashqi ishlar vaziri G‘arbning yana bir masalada ikkiyuzlamachilik qilayotganiga e’tibor qaratdi.

"Ular Ukraina haqida har soatda gapirishadi, lekin Falastin muammosini oylab esga olmaydi", - deb qo‘shimcha qildi Lavrov.

© Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Yegipet
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Yegipet  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Yegipet
Yangiliklar lentasi
0