Misrda itlar galasi bilan sirli dafn etilgan bolaning qabri topildi

© Foto : Sentr yegiptologicheskix issledovaniy RANZaxoronenie vosmiletnego rebenka i 142 sobak, obnarujennoe pri raskopkax v nekropole Fayumskogo oazisa v Yegipte.
Zaxoronenie vosmiletnego rebenka i 142 sobak, obnarujennoe pri raskopkax v nekropole Fayumskogo oazisa v Yegipte. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.01.2023
Obuna bo‘lish
Arxeologlar Misrda sakkiz yoshli bola va 142 itning dafn etilgan joyini topishdi.
TOShKENT, 18 yanv — Sputnik. Misrda itlar galasi bilan sirli dafn etilgan bolaning qabri topildi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Fanlar akademiyasining Misrshunoslik tadqiqotlari markaziga tayanib xabar berdi.
Arxeologlar Misrdagi Fayum nekropolida sakkiz yoshli bola va 142 itning dafn etilgan joyini topishdi.

“Sakkiz-to‘qqiz yoshlar atorifdagi o‘smir turli yoshdagi itlar, asosan kuchuklar (87 foiz) jasadlari ustiga yotqizilgan. Dafn Rim davriga tegishli bo‘lib, miloddan avvalgi I asr - milodiy I asrga to‘g‘ri keladi”, - deyiladi xabarda.

Mutaxassislarning fikricha, ular bir vaqtning o‘zida vafot etgan. Ularga nisbatan zo‘ravonlik alomatlari yo‘q. Itlarning jasadlarida ko‘k loy aniqlangan. Bu Qadimgi Misr davridagi suv omborlarida keng tarqalgan.
U yerda suv toshqini bo‘lganligi va hayvonlar cho‘kib ketganligi taxmin qilinmoqda. Nega bola qabrda ekanligi esa sirligicha qolmoqda.

"Balki u itlarga qaragandir. Bolakayning boshida zig‘irli sumka borligi olimlarning fikrini chalkashtirib yubormoqda", - deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0