Tarixiy sana: Leningrad qamaldan ozod qilinganiga 80-yil to‘ldi - video

Obuna bo‘lish
Shu kundan boshlab deyarli 900 kun qamalda bo‘lgan shaharni ozod qilish boshlangan edi. Shahar atrofini nemislardan to‘liq tozalash uchun yana bir yil vaqt kerak bo‘lgan.
TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Bugun Leningrad qamal chizig‘i yorib o‘tilgan kun.
Bundan 80-yil oldin 1943-yilning 18-yanvar kuni Qizil armiya qo‘shinlari "Uchqun" operatsiyasi davomida qamal chizig‘ining 12-18 kilometrli bo‘lagida nemislar himoya chizig‘ini yorib o‘tishgan edi.
Hujumdan oldin dushman pozitsiyasi artilleriya va minomotlardan o‘qqa tutilgan, keyin tanklar va piyoda askarlar hujumi boshlangan edi. Qamalning ichki halqasida Leningrad fronti qo‘shinlari tashqi halqada - Volxovaxa qo‘shinlari bir vaqtda hujumga va 18-yanvar tongida 1-sonli va 5-sonli posolkalar hududida uchrashgan.
Ma’lumot uchun, Leningrad qamali deyarli 900 kun (ayrim manbalarda 872 kun) davom etgan. Elektr, suv va issiqlik manbalari ta’minotidan uzilgan shahar shuncha kun davomida nafaqat dushman bilan, balki ochlik va qahraton qish bilan ham kurash olib borgan. Turli manbalarga ko‘ra, qamalda 1,5 million kishi qurbon bo‘lgan, ulardan faqat 500 ming nafari bombardimonlar va urush ta’siri tufayli qolgan bir million kishi - ochlikdan vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0