LXR militsiyasi qo‘lbola yasalgan portlovchi moslama topdi - video

Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari tark etgan hududlarda yana qo‘lbola yasalgan minalar topildi.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. LXR militsiyasi ozod qilingan hududlardagi binolardan birida 6 ta 120 millimetrli minadan yasalgan qo‘lbola portlovchi moslamani topdi.
Ma’lumot uchun Ukraina Qurolli kuchlari tark etgan hududlardan bunday "ajal mashinalari" oldin ham topilgan edi. Bir necha oy oldin qo‘lbola uslubda tankka qarshi minadan yasalgan bomba maktabdagi sinf xonalarining biriga o‘rnatilgani aniqlangan edi.
Undan tashqari, maxsus operatsiya doirasida ko‘plab tinch aholi vakillari, ayniqsa bolalar va uy hayvonlari "lepestok" nomli kichiq minalardan jarohatlangan. Ushbu turdagi minlarni kassetali raketalar yordamida sochib tashlanadi. Yerga tushganidan bir necha soni o‘tib u faollashadi va keyinchalik biror kichik qimirlash ham uning portlashiga olib keladi.
Yangiliklar lentasi
0