Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 19-yanvarning asosiy xabarlari

© Sputnik / Mixail Andronik / Mediabankka o‘tishProdoljayetsya nastuplenie Narodnoy militsii DNR
Prodoljayetsya nastuplenie Narodnoy militsii DNR - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari muvaffaqiyatli hujumlarni davom ettirmoqda. Xususan, DXRning Galitsinovka, Krasnogorovka va Nevelskoe aholi punktlariga muvaffaqiyatli hujum amalga oshirildi.
TOShKENT, 19 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi tomonidan olib borilayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Rossiya Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida LXRning Novoselovskoe va Xarkov viloyatining Ivanovka tumanlarida joylashgan UQKning 14 va 92-mexanizatsiyalashgan brigadalari bo‘linmalariga berilgan zarbalar natijasida 30 dan ortiq harbiy xizmatchici qurbon bo‘ldi, zirhli jangovar mashinasi, ikkita avtomashina va ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasno-Limansk yo‘nalishida DXRNing Serebranka qishlog‘i hududida joylashgan UQKning 95-havo-desant-brigadasi, 24-mexanizatsiyalashgan brigadasi bo‘linmalariga aviatsiya va artilleriya zarabalari berildi. LXRning Nevskoe posolkasi hududida UQKning artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi. Dushmanning ushbu yo‘nalishdagi yo‘qotishlari 60 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, zirhli transport vositasi, uchta pikap va D-20 gaubitsasini tashkil etdi.
Donesk yo‘nalishida DXRning Galitsinovka, Krasnogorovka va Nevelskoe aholi punktlari hududlarida muvaffaqiyatli hujum operatsiyalari davom etdi. Oxirgi 24 soat ichida 80 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, to‘rtta avtomashina, uchta Fransiyaning "Sezar" o‘ziyurar artilleriya moslamasi, Amerikada ishlab chiqarilgan M-777 artilleriya tizimi, "Gvozdika" o‘ziyurar artilleriya moslamasi va ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar qurilmalari yo‘q qilindi.
DXRning Karlovka aholi punkti hududida UQKning o‘q-dorilar ombori va Kuraxovo aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radarlari yo‘q qilindi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishidagi hujum operatsiyalari davomida Sharqiy harbiy okrug bo‘linmalari yanada qulayroq yo‘nalishlarni egallab, 30 dan ortiq ukrainalik harbiylarni, ikkita zirhli jangovar mashinasini va uchta pikapni yo‘q qildi.
Aviatsiya, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi bir sutkada 98 ta tumanda Ukraina Qurolli kuchlarining 67 ta artilleriya bo‘linmalarini o‘q otish pozitsiyalari, ishchi kuchi va harbiy texnikalarida mag‘lub etdi.
DXRning Poltava aholi punkti hududida Rossiya Harbiy-kosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari havoda Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
LXRning Jitlovka, Chervonopopovka va Kremennaya aholi punktlari hududlarida havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchish apparatlarini yo‘q qildi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 374 ta samolyot, 200 ta vertolot, 2903 ta uchuvchisiz uchish apparati, 401 ta zenit-raketa majmuasi, 7569 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 985 ta ko‘p raketa tizimiga ega jangovar texnika, 3865 ta maydon artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 8113 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0