Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya kuchlari Artomovsk yaqinidagi Klesheyevkani ozod qildi

© Sputnik / Konstantin Mikhalchevsky / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie VS RF v avtomobile kolonni voyennoy texniki v Armanske
Voyennoslujashie VS RF v avtomobile kolonni voyennoy texniki v Armanske - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna bo‘lish
Klesheyevka Artomovskning muhim posolkasi ekani qayd etildi.
TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rossiya harbiylari Artomovsk ostidagi Klesheyevkani ozod qildi. Bu haqda DXR shtabi xabar berdi.
Bir kun avval “Vagner guruhi” asoschisi Yevgeniy Prigojin aholi punkti Rossiya bo‘linmalari nazoratiga o‘tganini aytdi. U Klesheyevkani Artomovskning muhim posolkasi deb atagan.
Chorshanba kuni LXR xalq militsiyasining ikkinchi armiya korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Apti Alaudinov Rossiya kuchlari Artomovskdagi Ukraina guruhining asosiy ta’minot arteriyalarini kesib tashlaganini aytdi.
Artyomovsk DXRning Kiyev nazoratida ostidagi qismi. Bu Donbassdagi ukrain guruhlarini ta’minlash uchun muhim transport yo‘li, u orqali avtomobil va temir yo‘llari o‘tgan.
Yangiliklar lentasi
0