Kolumnistlar

Telbalik va jasorat: Amerika aslida nima uchun Qrimga hujum uyushtirmoqchi

© Foto : U.S. Air Force / Airman 1st Class Nathan ClarkAmerikanskiy voyennoslujaщiy razvertыvayet antennu na reaktivnoy sisteme zalpovogo ognya HIMARS.
Amerikanskiy voyennoslujaщiy razvertыvayet antennu na reaktivnoy sisteme zalpovogo ognya HIMARS. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ukraina qoʻli bilan Qrimga uyushtirilgan hujum - Pentagonga Rossiya havo mudofaa tizimi ishini tahlil qilish, keyin esa toʻplangan tajribani qoʻllash kabi bebaho imkoniyat beradi.
TOSHKENT, 20 yanv - Sputnik. Bugun Germaniyada joylashgan AQShning Ramshteyn harbiy bazasida NATO aʼzolari va Ukraina vakillarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Vashingtonda uchrashuvga atab "yeguliklar" ham tayyorlandi. Demokratik partiya jarchisi The New York Times nashri Bayden maʼmuriyati Kiyev uchun Qrimga zarba berishga imkon beradigan qurollar bilan taʼminlash masalasini koʻrib chiqayotgani haqida maqola eʼlon qildi.
Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays ham partiya yordamini tasdiqladi. Undan AQSH Ukrainaning Qrimga hujumlarini qurollar bilan qoʻllab-quvvatlaydimi, deya soʻrashgan. “Ushbu qurollarni qayerda va qanday qilib yaxshi ishlatishni ukrainalik sheriklarimiz hal qilishadi”, - javob berdi Prays. U, shuningdek, AQSH yarimorol Ukrainaga tegishli deb bilishini alohida taʼkidlashni ham unutmadi.
Oq uy janoblari mantigʻiga qoʻra, ular Qrimni Kiyevga tegishli deb hisoblashar ekan, demak ular jazosiz ravishda yarimorolga oʻqqa tutishi mumkin. Hammasi Donbass bilan qanday boʻlgan boʻlsa: yaʼni, bu sizlarning fuqarolaringiz, shuningchun siz Vashington va Bryusselning olqishlari ostida ularni oʻldirishingiz mumkin.
Aytish lozimki, bu Vashington maʼmuriyati uchun chindan ham yangi burilish. Yaqin vaqtgacha ular geografik joylashuv, qrimliklarning kayfiyati va yarim orolning mudofaa qobiliyati sabab u Ukraina uchun mutlaqo erishib boʻlmaydigan harbiy nishon deb ishonishgan. Bu haqda oʻylashdan ham foyda yoʻq edi.
“Ukraina Qrimni urush yoʻli bilan olishi kerakmidi?”, - deb The Hill savol berdi va aslo kerak emas edi, degan xulosaga ham keldi. “Qrimning mustahkamlangan qirgʻoqlariga desantlarni joylashtirish ... katta falokatlarga olib kelishi mumkin (Ukraina Qurolli Kuchlari uchun). Gʻarbda esa Rossiyaning yadroviy qurol ishlatishidan qoʻrqadigan faqat Ilon Mask emas”.
“Qrim masalasida shoshmay turing”, - deb maʼmuriyatni ogohlantirmoqchi boʻldi Foreign Affairs dekabr oyida. “Bu koalitsiya uchun jiddiy sinov boʻlishi mumkin. Sharqiy Yevropadagi hamkorlar Ukrainani hamma narsada qoʻllab-quvvatlashga moyil boʻlib, Putinning yadroviy tahdidlarini bemaʼnilik deb bilishsada, ... Frantsiya, Germaniya va AQSH eskalatsiya xavfidan koʻproq sarosimada”.
Bu Kiyevga Qrim mavzusini axborot maydoniga olib chiqishga xalal bermadi. Zelenskiy oʻz homiylariga rossiyalik harbiylarning vayronaga aylangan Kerch koʻprigi boʻylab Rossiyaga qarab qanday yugurishgani haqida aql bovar qilmaydigan voqealarni aytib bergan. U Azov qirgʻoqlarini egallab olishga va Qrimni uzoq masofali qurollardan oʻqqa tutishga vaʼda bergan.
Kiyev rejimi Qrim mavzusida turli-tuman xalqaro uchrashuvlar tashkillashtirgan. Yigʻilganlar Yaltada uchrashishga bir-birlariga vaʼdalar berishgan. Soʻnggi marotaba bu mavzuni mudofaa vaziri yordamchisi Sky News telekanaliga UQK Qrimni “taxminan” dekabr soʻnggida qoʻlga olishini aytib koʻtargan edi.
Ushbu dahshatli aljirashlarni Polsha ham takrorladi. Yarim orol ustidan nazorat boʻlmasa, Polsha dengizoʻrtasi haqidagi barcha orzular ilmiy boʻlmagan fantastika boʻlib qolardi. Anjey Duda soʻnggi “Qrim platformasi”da maxsus nutq soʻzladi va Qrimning Ukrainaga qaytarilishi “mutlaqo majburiy” ekanligini taʼkidladi.
Shu paytgacha Vashington bu tashabbuslarga sovuqqonlik bilan munosabat bildirar edi. “Qrim masalasida shoshmang” maqolasi aynan Ukrainaning Qrimga dekabr soʻnggidagi yurishiga javob boʻldi. Qolaversa, bularning bari ittifoqdosh kuchlarning hujumi kechikishi va Xersondan qochish fonida sodir boʻlayotgan edi.
Hozir esa frontdagi vaziyat aksincha. UQK Soledarni tark etdi, Artyomovskni yoʻqotish arafasida. UQKning soʻnggi haftalardagi yoʻqotishlari shunchaki dahshatli. “Ukrainaliklar janubiy yoʻnalishda mumkin boʻlgan hujum uchun zaxiralarni shakllantirishga harakat qilishdi. <...> Bu qismlar Baxmutda (Artemovsk. - tahrir.) halok boʻldi. Hozir ukrainaliklar jami 140-150 mingga yaqin jangovar tayyor askarga ega”, - Pentagon rahbarining sobiq maslahatchisi Duglas Makgregor vaziyatni shunday tahlil qildi. Avvalroq u UQK yoʻqotishlarini 150 ming kishiga baholagan edi.
Shu yerda bir toʻxtab, tin olish kerak edi. Oʻzidan nega odamlarni oʻlimga yuborishga kerak, deb savol berish kerak. Qolaversa, hatto Vashingtonda ham “Ukraina Rossiya bilan mojarodan omon qolmasligini” allaqachon tan olishgan. Ammo yoʻq, buning oʻrniga ular “adoqsiz dahshatdan koʻra dahshatli oqibat afzal” tamoyili boʻyicha keskinlashuvning yangi bosqichini yaratishga harakat qilishmoqda.
Oq uyda boʻlib oʻtgan yigʻilishda, The New York Times gazetasiga yuqori martabali manbaning aytishicha, “Ukraina murosasiz mojaroda omon qola olmasligi sababli, unda faqat Qrimga tahdid qilishgina qoladi” degan qarorga kelishgan. Shu bilan birga, nashr ochiq matnda UQKning yarimorolning tortib olishiga umid yoʻqligini taʼkidlagan.
“(Maxsus operatsiya boshlangandan buyon) Bayden maʼmuriyati Kiyevga Qrimdagi zarbalar uchun qoʻllanilishi mumkin boʻlgan qurol-yarogʻlarni yetkazib berishni rad etishda qatʼiy pozitsiyada boʻlgan. Hozir bu holat yumshamoqda”, - deydi The New York Times ning yetakchi jurnalistlari. Yuqori martabali manbalar anonimlik sharti bilan ularga shularni xabar berishgan: “Maʼmuriyat Kiyevga rus qoʻriqxonasiga (bunda Qrim shunday deyiladi) garchi bunday harakat xavfni oshirsada zarba berish uchun harbiy imkoniyatlar kerakligini tan ola boshladi,”.
Manbalarning aytishicha, bunday qarorga kelinishiga sabab, Kiyev tomondan Qrimga tahdid yaratilishi Rossiya bilan muzokaralarda Kiyev rejimining pozitsiyalarini kuchaytiradi. Bizning strategik sheriklarimiz qandaydir oʻz olamlarida yashashadi. Bizning armiyamiz olgʻa harakatlanib, sobiq USSRni shiddat bilan demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilayotganida yana qanday muzokaralar haqida gap boʻlishi mumkin?!
Ramshtayndagi uchrashuvda Ukraina tomonda “Xaymars” raketa komplekslari va “Bredli” jangovar piyoda mashinalarining yetkazib berish qayd etiladi. Pentagonda yozilgan stsenariylar boʻyicha ushbu texnika ishtirokida urush oʻyinlari ham boʻladi. New York Times ning yozishicha, stsenariylardan biri UQKning janubga M-14 avtomagistrali boʻylab Melitopol va Mariupolga harakatlanishi bor, bunda Bredlilar koʻp yordam berishi kerak. Keyin esa Qrim hududini oʻqqa tutadi va rus armiyasini Haymarslar bilan taʼminlash yoʻllari.
Amerikaliklar nega Qrimga zarba berishni istayotgani tushunarli. Bu Rossiya Qurolli kuchlari va resurslarining yarimorolni himoya qilishga yoʻnaltirishi kerak. Shu bilan birga, Pentagon bizning havo hujumiga qarshi mudofaa tizimimiz ishini tahlil qilish, keyin esa toʻplangan tajribani qoʻllashdek bebaho imkoniyatga ega boʻladi.
Tushunarsiz jihati boshqa: qarshi hujumni kim amalga oshiradi? Kim jangovar piyoda mashinalarida oʻtiradi, “Xaymars”lardan kim oʻqqa tutadi? “Biz tugashimiz mumkin”, - bir hafta ilgari Artyomovskdagi Ukraina qoʻshinlari qoʻmondoni New York Times orqali amerikalik xoʻjayinlarini ogohlantirgan. Endi uning jangchilari u yerda operativ muhitda. Ularning kelajalagi dahshatli.
Ayni paytda Ukraina armiyasiga alohida ehtiyojga ega boʻlgan odamlar allaqachon jalb qilinmoqda. Ammo Vashington ukrainaliklarni yoʻq qilishda davom etmoqda va oʻjarlik bilan bularning barchasi haqiqat, mustamlakachilikka qarshi urushi, va bu AQShga hech qanday xavf tugʻdira olmaydi deb davom etmoqda.
Vashington maʼmuriyatining manbalariga koʻra, “Qrimga zarba berish prezident Putinni taktik yadro qurolidan foydalanishga majbur qilishidan xavotirning kamayishi Amerika pozitsiyasining oʻzgarishiga” yordam bergan.
Vaholanki, rahbariyatimiz taktik yadro qurolidan foydalanmoqchi emasligini koʻp marotaba taʼkidlagan. Nima uchun uni oʻz yerlarimizda ishlatishimiz kerak? Qrimning mudofaasiga kelsak, bu butunlay boshqa masala edi.
Xavfsizlik Kengashi raisi oʻrinbosari Dmitriy Medvedev iyul oyida Qrimdagi zarbaga javoban “Qiyomat kuni” bilan tahdid qilgan edi. Kecha u Rossiya rahbariyatining ushbu masala boʻyicha pozitsiyasini yana bir bor tasdiqladi: “Oddiy urushda yadroviy derjavaning magʻlubiyati yadro urushining boshlanishiga sabab boʻlishi mumkin. Yadroviy davlatlar oʻz taqdiri bogʻliq boʻlgan yirik toʻqnashuvlarda magʻlubiyatga uchramagan”.
The New York Times ga bergan intveryusida yuqori martabali manbalar goʻyoki nima haqida soʻz borayotganini tushunishmayotgandek tutishgan. “Amerika amaldorlarining aytishicha, agar Ukraina Amerika quroli bilan Qrimga hujum qilsa, prezident Putin qanday munosabat bildirishini bilmaydi”, - deb xabar beradi bizga gazeta.
Aslida, ularning barchasi hammasini yaxshi bilishadi. Ularga bu masala boʻyicha Rossiyaning pozitsiyasini bir necha marotaba bildirilgan. Boshqa masala Amerika mansabdorlarining oʻz xalqiga vaziyat qanchalar yomon ekanligini tushuntirishga qoʻrqishayotganida.
Aynan shu sababli Rossiyaning goʻyoki Ukrainada taktik yadro qurolidan foydalanish haqidagi ertaklar paydo boʻlgan. Amerikaliklar bir narsani allaqachon anglashi kerak - ularning rahbarlari oʻz xalqini Karib inqirozidan ham qoʻrqinchliroq global mojaroga boshlamoqda.
Yangiliklar lentasi
0